62
anglatadi, protestant cherkovining xizmatchisi) boshqargan. Ular ayni paytda diniy
marosimlarga rahbarlik ham qilganlar. Diniy tashkilotlarga esa avtonomiya hukuki
berilgan.
Reformatsiya harakatining yirik markazlaridan yana biri Angliya bo’lgan. Bu
mamlakatda reformatsiya yuqori tabaqalarning tashabbusi va boshchiligida amalga
oshirilgan. 1531 yilda Angliya parlamenti katolik
cherkovi aqidalari va
marosimlarini saqlab qolgan holda cherkovning Rim papasidan mustaqilligi
to’g’risida qaror qabul qilgan. Cherkovga rahbarlik qilish vakolati esa qirol zimmasiga
yuklatilgan. Barcha monastirlar yopib tashlanib, cherkov mulklari muso-dara
qilingan. Rim papasiga qarshi kurash tomonlarning o’zaro
kelishuvi bilan
yakunlangan. 1571 yilda Angliya parlamenti e’tiqod ramzi to’g’risida deklaratsiya
qabul qilgan. Ushbu xujjat
asosida
anglikan
cherkovi vujudga kelgan.
XVI asrda protestantizm yunalishining asosiy okimlari lyuteranlik, kalvinizm va
anglikanlar cherkovi vujudga kelgan. Lekin yunalish tarkibida oqimlarning shakllanish
jarayoni hozirga qadar davom etmoqda.
Ular qatoridagi baptistlar, metodistlar va
pyatidesyatiniklar oqimlarini misol keltirish mumkin. Protestantizm yo’nalishining turli
oqimlardan tashkil topganligi ular o’rtasida diniy ta’limot, aqida va marosimlarda
umumiylik bormi, degan savol tug’diradi.
Protestantizm ta’limotida cherkov va rohiblarning xudo va odamlar o’rtasidagi
vositachilik vazifasi inkor qilinadi. Unda har bir kishining xudo bilan bevosita
muloqot qilish va xalos bo’lish imkoniyatiga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Ushbu
aqidaning qabul qilinishi natijasida dindorlar zimmasidagi og’ir yuk bo’lmish
hashamatli monastirlarni qurish va ko’p sonli rohiblarni boqish zarurati o’z-
o’zidan barham topgan.
Odamlarning xudo bilan bevosita aloqa o’rnatishi haqidagi aqidadan har bir
dindorning ruhoniy bo’lishi to’g’risidagi aqida paydo bo’lgan. Unga binoan,
protestantlik e’tiqodini qabul qilib, cho’qintirilgan kishi va’z o’qish
va diniy
marosimlarni bajarish huquqiga ega bo’ladi. Bu ruhoniylarning umuman inkor
qilinishini
bildirmaydi,
protestant
ruhoniylari
xristianlikning
boshqa
yunalishlaridagidan farqlanadi. Ruhoniylar dindorlar jamoasi tomonidan saylanali va
faqat unga hisob beradi. Ularga dindorlarning tavba-tazarrusini qabul qilish va
gunohlarini kechirish huquqi berilmagan. Bunday ruhoniylarning oila qurishlari
mumkin va ular uchun selibat (lotincha
caliebs -
uylanmagan degan ma’noni anglatadi)
qasami bekor qilingan.
Injil - diniy ta’limotniig asosiy manbai.
Muqaddas rivoyatlar, ya’ni Rim
papasining hujjatlari, «cherkov otalari»ning asarlarining ilohiy mazmunga egaligi
tan olinmaydi, lekin ulardagi Injilning mazmunini
aks ettiruvchi qismlaridan
foydalaniladi. Injilni dindorlar ona tilida o’qishlari e’tirof etilgan. Har
bir kishi
o’z
ona tilida diniy marosimlarni bajarish va Injilni mustaqil tafsir qilish huquqiga
ega.
Protestantizmning asosiy aqidalari sifatida qabul qilingan odamlarning
gunohkorligi va Isoning birlamchi gukohni yuvish uchun o’zini
qurbon qilganligiga
ishonish bilan xalos bo’lish mumkinligi g’oyasi targ’ib qilinadi.
Sirli marosimlar,
63
zohidlik, savob ish qilish kabilar kishinnng xalos bo’lishiga yordam berolmaydi.
Odamlarning ichki tabiati birlamchi gunoh ta’sirida tamoman o’zgarganligi bois ular
xudoning ko’magisiz, mustaqil yaxshilik qilish imkoniyatiga ega emas.
Yaxshilikning namoyon bo’lishi insonning shaxsiy xislati emas, balki xudoga bo’lgan
muhabbatining samarasidir. Odam gunohkor va gunohdan xalos bo’lish uchun xudoni
doimo yodda tutishi, unga
Dostları ilə paylaş: