Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
True

Mavzu bo’yicha savollar: 
1.
Xristianlikning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat? 
2.
Xristianlik ta’limotining asoslarini aniqlang. 
3.
Xristianlikning muqaddas rivoyatlariga qaysi manbalarni kiritishimiz 
mumkin? 
4.
Qachon va nima sababdan xristianlikda bo’linish vujudga kelgan? 
5.
Katolitsizmning xususiyatlari nimalardan iborat? 
7.
Katolitsizmda cherkovlarni boshqarishning o’ziga xos xususiyati nimalardan 
iborat? 
8.
Protestantizmning katolitsizmdan farqlarini aniqlang? 
9.
Pravoslavieda nima sababdan avtokefal cherkovlar yuzaga kelgan? 
10. Protestantizm qachon va qanday sabablarga ko’ra vujudga 
kelgan? 
11. Protestantizmning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 
7-MAVZU 
ISLOM DINI 
REJA: 
 
1.
“Johiliya” davri. 
2.
Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi. 
3.
Islomdagi asosiy oqim va mazhablar. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Hijoz, quraysh, haniflar, muslim, umma, halifa, 
vahiy, Qur’on, sunnat, suhuf, sura, Usmon mushafi, ro’za, zakot, shariat, farz, 
mandub, muboh, makruh, harom, xorijiylar, ibodiylar, shialar, mazhab, 
mutakallimlar, mu’taziliylar. 
1. Islom dini yuzaga kelishi jihatidai jahon dinlari ichida uchinchi o’rinda 
turadi. Islom dini Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo, 


65
Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o’rin tutadi va ayni vaqdda ham 
ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazib kelmokda. Eron, 
Pokiston, Afg’aniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari 
mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDX, davlatlari xududida 
Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston xalqlari 
o’zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda 
yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy farqlaridan qat’i 
nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan hamda jahon ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotida salmoqli o’rinlardan birini egallaydi.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va davlatlarida islom diniga nisbatan 
qiziqish va intilish kuchayib, unga xayrixoh va tarafdor bo’lganlar soni ko’payib 
bormoqda. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov “Turkiston-Press” nodavlat 
axborot agentligi muxbiriga bergan interyusida ta’kidlaganidek, “Buning asosiy 
sababi – birinchi galda muqaddas dinimizning haqqoniyligi, odamzodni doimo 
yaxshilik va ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o’zini oqlagan qadriyat va 
an’analarni ajdodlardan avlodlarga etkazishdagi buyuk o’rni va ahamiyati bilan 
bog’liq. Ayni paytda, bu holat dinimizning umumbashariy madaniyat va 
sivilizatsiya, ilmu fan rivojiga qo’shgan buyuk hissasi bilan ham izohlanadi”. XX 
asrda musulmonlar dunyo aholisining 15-16 foizini tashkil etgan bo’lsa, bugungi 
kunda bu ko’rsatkich Er yuzidagi har besh kishidan birini tashkil etmoqda. 2025 
yilda esa, dunyo aholisini 30 foizini islomga e’tiqod qiluvchilar tashkil etishi 
mumkin. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125 
mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61 
mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) 
mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar. 
Mavzudagi eng asosiy masalalardan biri islom dinining vujudga kelishining tarixiy, 
ijtimoiy va siyosiy sabablari. Talabalarga mana shu masalani yoritib berishimiz darkor. 
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston Yarimorolida paydo bo’lgan. Ushbu 
davrdagi hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni ko’rib chiqamiz. Yarimorol aholisining 
asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi arafasida arablar asosan 
chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Arabistonning qulay geografik o’rni (hududidan 
g’arb va SHarq davlatlarini bog’lovchi karvon yo’llari o’tgan va uchta qit’ani tutashtirib 
turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy 
rivojlanish darajasi Yarimorolning hududlarida turlicha bo’lgan. Uning bepoyon 
cho’llarida yashagan ko’chmanchi arablar chorvachilik bilan shug’ullangan. 
Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy 
markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yuli o’tgan janubi-g’arbiy qismi (Hijoz)da 
qadimdan savdo-sotiq, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik va qisman 
xunarmandchilik rivojlangan. Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g’arbiy qismida 
shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV—VI asrlarda bu erla Makka. Yasrib, Toif singari 
yirik shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining 
daromadini karvon yo’llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari 


66
tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko’chmanchi chorvador 
qabilalarda urug’-qabilaviy munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining 
paydo bo’lish jarayoni kuchaygan. 
«
Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik», ya’ni «Yagona xudo – Allohni 
tanimaslik» ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston 
yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan 
Yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida «ko’pxudolik» 
(
al-Vasaniya
) hukm surardi, degan fikrga urg’u berishni istaydilar. Ba’zi 
tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq 
ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, 
birinchi navbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo’qligi tufayli juda 
mushkul. 
Arab erlari Osiyoning janubi-g’arbidagi yarim orolda joylashgan bo’lib, shimol 
tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko’rfazi, Umon dengizi, 
janub tomondan Hind okeani va g’arbdan Qizil dengiz bilan chegaralangan. Mana shu 
bepoyon o’lka bu erda yashagan somiy tillarning birida so’zlashuvchi arablar nomi 
bilan Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 
islom paydo bo’lish arafasida yarim orol hududida madaniyat nuqtai nazaridan uch 
sivilizatsiya mavjud bo’lgan: 
1)
mustaqil ma’noga ega bo’lgan Janubiy Arabiston (tili – janubiy arab tili); 
2)
nisbatan chetki ta’sirlardan uzoqroqda joylashgan Ichki Arabiston; 
3)
Vizantiya va Eron imperiyalari madaniy an’analari bilan bog’liq Shimoliy 
Arabiston. 
Islomning paydo bo’lishi tarqoq arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga 
aylandi. Tarixda birinchi arab davlati –Arab xalifaligi vujudga keldi. Arab istilolari 
oqibatida mazkur uch sivilizatsiyalar vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning 
o’tmishdagi nisbiy mustaqil rivojlanganliklari 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin