68
beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng
qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir.
Unda aytilishicha, mil. av. 552-542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini
o’ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu erdagi shaharlarni o’zlashtirish maqsadida
Bobildan talaygina aholini ko’chirgan; ularning ko’pchiligini Yahudiylar tashkil
qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt
qilganida salkam 30 ming Yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50
yil davom etgan edi. Shundan so’ng ham ba’zi Yahudiylar Falastinga qaytmay,
Bobilda qolib ketgandilar.
Arabiston yarim orolida Yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini ham tarqaldi.
Xristianlar bu erda keng targ’ibotchilik ishlarini olib borar edilar. Ular Arabistonga
qachon kirib kelganligi noma’lum. Odatda, targ’ibotchilar tibb va mantiq ilmidan
xabardor, kishilar qalbiga yo’l topa oladigan odamlar bo’lganligi uchun ko’pgina
qabila boshliqlariga ta’sir etganlar, ularning xristian dinini qabul qilishiga yoki
o’zlarining olib borayotgan faoliyatlarida yordam berishiga erishganlar. Islomga qadar
Arabiston yarim orolining deyarli barcha hududlarida xristian rohiblari muntazam
ravishda din targ’iboti bilan shug’ullanar edilar. Yuqorida aytib o’tilganidek,
xristianlikning Arabiston yarim oroliga qachon kirib kelgani aniq ma’lum emas.
Hijoz shaharlariga xristianlar (sharqiy cherkovlar vakillari) asosan Vizantiya
qaramog’i ostidagi Falastin va Shomdan ko’chib kelganlar. Islom vujudga kelishi
arafasida Dumat al-Jandal, Eylat, Tayma, Yasrib, Makka va Toifda ham talaygina
xristianlar bor edi. Habashiston xristianlari bilan aloqalar haqida efiop askarlarining
yurishlari va ilk musulmonlarning hijralari dalolat beradi.
2. Arabistonning qulay geografik o’rni, karvon yo’llari bo’ylab boy shahar-
davlatlarning mavjudligi qudratli qo’shni davlatlarning mintaqaga qiziqishini
kuchaytirgan. VI asrning boshlarida Arabistonning janubi-g’arbiy qismida
joylashgan Efiopiya (Habashiston) davlati Yarimorolning karvon yullari o’tgan
qismi (Hijoz)ni bosib olgan. Lekin Habashiston boy o’lkada mustahkam o’rnasha
olmagan. VI asrning ikkinchi yarmida Eron Sosoniylari davlati Efiopiyani
Arabistondan surib chiqargan. Arabiston Sosoniylar davlati tarkibiga kiritilgan.
Talabalarga Sosoniylar hukmronligi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni
keskinlashtirganligini ta’kidlab, buning asosiy sabablarini ko’rsatib o’tish darkor.
Sabablardan biri, Buyuk ipak yo’lining ahamiyatini yanada oshirish maqsadida, Ara-
bistondan o’tgan janubiy karvon yo’lini izdan chiqarishlari bo’lgan. Oqibatda
janubiy karvon yo’li vayron qilingan, karvon yo’lidan kelayotgan daromad esa keskin
kamaygan. Arabistonning tashqi savdo aylanmasi qisqargan va xo’jaligi inqirozga
uchragan.
Arabistondagi iqtisodiy inqiroz natijasida aholining turmush darajasi keskin
pasayib ketgan va ma’naviy tushkunlik yuzaga kelgan. Qabilaviy nizolar kuchaygan.
Xalq
Dostları ilə paylaş: