Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Muhammadning da’vatini qabul qilganlar o’zaro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
True

Muhammadning da’vatini qabul qilganlar o’zaro 
hamkorlik, bir-biriga muhabbat, ezgulik va adolat qoidalari asosida birlashishni 
xaqiqiy e’tiqod asoslari deb hisoblaganlar
. Muhammad Allohga imon keltirishga 
da’vat etishni boshlagan dastlabki davrlarda Yangi din yaratishga da’vo etmagan. 
SHunisi e’tiborga molikki, islom dini (arabchada 
islom
itoat etish, bo’ysunish 
degan ma’nolarni anglatadi) tarqalishining dastlabki yillarida u Quddus shahri 
tomonga qarab sajda qilgan. Xristianlar va iudaizmga sig’inuvchilarni birodarlar deb 
hisoblagan. Yahudiylar dastlab Muhammadni mahdiy sifatida qabul qilgan 
bo’lsalarda, keyinchalik uning qarashlarini tanqid qilganlar. Diniy qarashlardagi 
ixtiloflar sababli Yahudiylar va xristianlar bilan ajralish yuz bergan. Muhammad 
o’z tarafdorlarini barcha diniy marosimlarni arablarning siyosiy va diniy markazi - 
Makka shahriga qarab bajarishga da’vat etgan. 
Talabalarga Muhammad 622 yilda (taxminan 22 yoki 24 sentyabrda) Yasribga 
(Madina) 
ko’chib 
o’tishining 
sabablarini 
tushuntirib 
berishimiz 
kerak. 
Muhammadning da’vatkorlik faoliyati dastlab katta qiyinchiliklarga duch kelgan. 
Xatgo eng Yaqin qarindoshlari ham dastlab uning g’oyasini qabul qilmaganlar. 
Muhammadning Makka shahridagi 12 yillik da’vatchilik faoliyati muvaffoqiyatsizlik 
bilan yakunlangan. Makka zodagonlari uning da’vatlaridagi ijtimoiy adolat, din 
ahlining birodarligi, boylarning kambag’allar foydasiga xayriya qilishlari
sudxo’rliknint qoralanishi, axloq normalariga amal qilish kabi g’oyalarini qabul 
qilmagan. Bundan tashqari, shaharda shu davrgacha nufuzi baland bo’lmagan 
hoshimiylar urug’i vakilini payrambar sifatida hukmron ummaviy zodagonlari qabul 
qila olmas edilar. 
Muhammadning da’vatchilik faoliyati bilan shug’ullanishiga qarshi turli to’siqlar 
mavjud bo’lgan. 617 yilda unga da’vatchilik bilan faqat o’z mahallasida 
shug’ullanishiga ruhsat berilgan, ammo mahalladan tashqariga chiqishi qat’iyan man 
qilingan. 620 yilda Hadicha (xotini) va undan keyin Abu Tolib (amakisi, ayrim 
manbalarda tog’asi) vafot etgan. Yaqin kishilarining madadidan mahrum bo’lgan 
Muhammadning hayoti xavf ostida qolgan va u shahardan chiqib ketishga qaror 
qilgan. Muhammadning Yasribga ko’chgan vaqti halifa Umar davrida musulmon 
hijriy taqvimining hisobiga asos sifatida qabul qilingan. 
Makka 
shahriga 
muxolif 
yasribliklar 
Muhammadni 
qabul 
qilganlar 
(Muhammadning onasi Amina aya asli yasriblik edi). Muhammadning da’vatlarini 
qabul qilgan yasribliklar ansorlar, Makkadan ko’chib kelganlar muhojirlar deb 
yuritilgan. Yasribda muhojirlar va ansorlar musulmonlar jamoasi (arabchada 
«muslim» - bo’yin eguvchi, o’zini Allohga topshirgan) umma (ma’lum dinga e’tiqod 


71
qiluvchilar jamoasi)ga birlashgan. Musulmonlar Muhammadni payg’ambar, diniy va 
dunyoviy hokimiyat rahbari sifatida tan olganlar. Muhammadning sharafiga Yasribga 
keyinchalik al-Madina (arabchada – 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin