Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhavdislari instituti



Yüklə 397,35 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü397,35 Kb.
#117755
  1   2   3
lanshaftlar

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZASIYALASH MUHAVDISLARI INSTITUTI


TUPROQSHUNOSLIK VA DEHQONCHILIK ASOSLARI KAFEDRASI Landshaftshunoslik asoslari fani
Мavzu: Landshaftlar barqarorligi
Тоshkent-2020
Reja:

  1. Landshaftlarda ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar.

  2. Landshaftlarning barqarorlik xususiyatlari.

  3. Landshaftlar barqarorligining buzilishida antropogen omillarning roli.


Landshaftning tarkibiy qismlari hisoblangan komponentlar orasida ham, uning morfologik qismlari orasida ham muttasil modda va energiya almashinib turishi uning ichki tuzilishi nihoyatda murakkab ekanligini ko‘rsatish bilan birga landshaft qotib qolmagan, doimo o‘zgarib, rivojlanib turadigan, o‘ziga xos maxsus faoliyatda bo‘lib turadigan moddiy tizim ekanligidan dalolat beradi. Har bir muayyan landshaft o‘z ichida ro‘y beradigan hamda tashqaridan ta'sir etib turadigan turli jarayonlar va omillar ta'sirida turli o‘zgarishlarga uchraydi, yashaydi va rivojlanadi.

Shu bilan birga, har bir landshaft bir butundir, uning tarkibi ham, ichki tuzilishi ham yetarli darajada doimiy va tashqi kuchlar, jumladan insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta'siriga nisbatan chidamlidir. Har bir landshaftda o‘zini o‘zi boshqarib, o‘zini o‘zi rivojlantirib turish xususiyatlari mavjuddir. Har bir landshaftga o‘z rivojlanishini barqarorlashtirib turuvchi dinamika xosdir.
Landshaftning dinamikasi tushunchasiga A.A.Krauklis (1979) qisqacha qilib quyidagicha ta'rif beradi: dinamika - bu ichki va tashqi kuchlar ta'sirida landshaft holatining o‘zgarishidir.

Landshaft dinamikasi degan tushuncha keng ma'noli, serqirra va landshaftshunoslikdagi asosiy tushunchalardan biri ekanligini A.G.Isachenko (1991) ham e'tirof etadi. Uning fikricha, landshaftning ichki tuzilishini qayta shakllanishiga olib kela olmaydigan va tizimning takrorlanish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘zgarishlarini dinamika deb atasa bo‘ladi. Masalan, landshaftda bir kecha-kunduz davomida, yil (fasllar) davomida kechadigan turkumga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni landshaftning dinamikasi desa bo‘ladi.


Agar tashqi kuchlar, jumladan inson ta'siri natijasida ham landshaftda qandaydir o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa, uning qayta tiklanish jarayonidagi holatlarning o‘zgarishi ham dinamikadir. Landshaftdagi dinamik o‘zgarishlarning mavjudligi landshaft tashqi kuchlar ta'sirida o‘zgartirilgan taqdirda ham ma'lum vaqt davomida u yana o‘zining avvalgi holatiga qaytish xususiyatiga ega ekanligidan, tashqi kuchlarga nisbatan chidamlilik xususiyati borligidan dalolat beradi. "Oxrana landshaftov" izohli lug‘atida dinamika atamasi grekcha "dynamis" so‘zidan olinganligi va kuch degan ma'noni anglatishi hamda landshaft dinamikasi deganda bir invariantga bo‘ysungan o‘zgaruvchan holatlar harakati tushuniladi.

Umuman, landshaftlarda turli holatlarning almashib turishi haqidagi fikrlarni landshaftshunoslikka asos solgan olimlarning dastlabki yillarda yuzaga kelgan ilmiy ishlarida ham uchratamiz. Masalan, L.S.Berg (1931) landshaftda bo‘ladigan o‘zgarishlarning ikki xili mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi: takrorlanadigan va takrorlanmaydigan. Takrorlanadigan o‘zgarishlarga asosan fasllar almashinishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritadi. Bunday o‘zgarishlar landshaftda mavjud bo‘lgan ichki tartibga aytarlik biror yangilik kirita olmaydi. Takrorlanadigan o‘zgarishlarga halokatli tavsifdagi zilzila, katta yog‘inlar, dovul, suv toshqini kabi o‘zgarishlarni ham qo‘shadi. Chunki landshaftlar bunday o‘zgarishdan keyin yana oldingi holatiga qaytishga harakat qiladi.
Takrorlanmaydigan o‘zgarishlarda landshaftlar o‘zining avvalgi holatini tiklay olmaydi va o‘zgarishlar bir tomonlama ma'lum yo‘nalishda bo‘ladi.

Yüklə 397,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin