Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhavdislari instituti



Yüklə 397,35 Kb.
səhifə3/3
tarix19.05.2023
ölçüsü397,35 Kb.
#117755
1   2   3
lanshaftlar

(N.P.Solnsev, 1976).
Texnogen ta’sirlar:
1) Landshaftga moddaning kiritilishi
1.1) Litologiya geokimyosi o’zgaradi
1.2) Litologiya geokimyosi o’zgarmaydi
2) Landshaftdan moddaning chiqarib yuborilishi
2.1) Geokimyoviy faol
2.2) Geokimyoviy faol bo’lmagan

Landshaftlarning havosi, yer osti hamda ustki suvlar tavsifini eng tez o‘zgaruvchan va eng beqaror deb hisoblaydi. Ular eng harakatchan komponentlar sifatida landshaftlarda modda va energiya almashinishida o‘ziga xos kanallarni tashkil qilar ekan. Tuproq, o‘simlik, hayvonot va ayrim hollarda mikro va mezorelyef shakllari (masalan, suv omborlari qirg‘oqlaridagi akkumlyatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan relyef shakllari) barqarorligi jihatidan o‘rtacha mavqega ega ekan. Landshaftlarning tog‘ jinslari va relyef shakllari eng barqaror komponentlar hisoblanadi.

Landshaftlarning barqarorligini o‘rganishda ular qaysi muhitda (masalan, qaysi tabiat zonasida) shakllanganligi ham albatta e'tiborda bo‘lishi kerak. Bunda o‘sha muhitdagi hal qiluvchi omillardan issiqlik va namlikning optimal nisbatda bo‘lishi, ya'ni me'yorida bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ulardan birining yoki ikkovining yetishmovchiligi landshaft barqarorligini izdan chiqarishi yoki kuchsizlantirishi mumkin. Hatto, landshaftlardagi barqarorlikni ta'minlab turuvchi komponent-o‘simlik hamda unga bog‘liq holda hayvonot barqarorligi ham aynan shu omil - issiqlik va namlik omili bilan belgilanadi.

Antropogen landshaftning barqarorligi asosan sotsial-iqtisodiy mezonlar bilan belgilanib, landshaftning tabiatidan kelib chiqadigan ilmiy mezonlarga zid bo‘lishi mumkin. Mantiqan olganda, landshaftlarning barqarorligi uning komponentlari barqarorligi bilan belgilanishi kerak, ammo landshaftlarning barqarorligi komponentlar barqarorligining oddiy yig‘indisi bo‘lib qolmasdan, balki undan murakkabroq bir hodisadir.
Landshaftlarning barqarorligini aniqlash masalasi ilmiy jihatdan hali ko‘p mehnat va tadqiqot ishlarini bajarishni talab qiladigan masalalardan ekanligi, ayniqsa antropogen landshaftlarni o‘rganish vaqtida namoyon bo‘ladi.

Alohida injener-texnik inshootlar va ularning yon-atrofidagi landshaftlarga ta'sirini tadqiq qilish inson bilan tabiat orasidagi aloqadorliklarni, inson faoliyati ta'sirida landshaftlar, shu jumladan antropogen landshaftlarda ro‘y beradigan turli xil hodisa va jarayonlarni o‘rganish uchun namuna bo‘lishi mumkin.


Yüklə 397,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin