Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 110,81 Kb.
səhifə4/12
tarix16.12.2023
ölçüsü110,81 Kb.
#181855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
IKKIYOQLAMA YOZUV.

Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va
qiymat ko‘rinishidagi ma'lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitik schyotlar ma'lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Korxona ba'zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma'lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba'zi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma'lum xo‘jalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin:

Debet AKTIV SCHYOT Kredit

Boshlang‘ich saldo (Sb)

Mablag‘larning kamayishi



Yüklə 110,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin