1030-"Yoqilg‘ilar"schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1033 Mahsulot nomi: Ko‘mir Bahosi: 60000 so‘m O‘lchov birligi: tonna
№
Operatsiya mazmuni
Kirim
chiqim
qoldiq
miqdori
summasi
miqdori
summasi
miqdori
summasi
Oy boshiga qoldiq
—
—
—
—
40
600000
1.
Asosiy ishlab chiqarishga berildi
—
—
—
—
—
—
2.
Mol etkazib beruvchilardan qabul qilindi
—
—
—
—
—
—
3.
Yordamchi ishlab chiqarishga
—
—
—
—
—
—
Oborot
Keltirgan misollardan ko‘rinib turibdiki, tegishli analitik schyotlarning oboroti va oxirgi qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma'lumotlariga barobardir.
Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak.
Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma'lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak.
Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak.
Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi. Bunda bir nechta analitik schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi. Hisobot davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish va to‘g‘rilash uchun muhimdir.
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar zarurdir.
Sintetik va analitik hisobning ma'lumotlarini tekshirishda, ma'lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma'lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma'lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi.
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma'lumotlarni ma'lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;
Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schotlarda ma'lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schotlari aylanma vedomostlari qo‘yidagicha shaklda bo‘ladi: