Toshkent irrigatsiya va qishloq


-rasm. Texnologik innovatsiyalar va qishloq xo’jalik korxonalarining



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#132747
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
qishloq xojaligi korxonalarini modernizatsiyalashning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati va oziga xos xususiyatlari

2-rasm. Texnologik innovatsiyalar va qishloq xo’jalik korxonalarining 
o’zaro aloqasi. 
52 


Texnologik omillarni o’rganganda so’ngi yangiliklarning ko’lamlari 
muvaffaqiyat asosi hisoblanadi. Biroq ba’zida korxonalar bozorga texnologiya 
tomonidan asoslangan, lekin tijorat tomonidan yo’llanmagan texnologiyalar 
bilan kiradilar. Bu esa katta tavakkalchilikka olib keladi. 
Shu bois xo’jaliklarni guruhlash masalasi va bozor muhitining o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda istiqbolli texnologiyalarni o’zlashtirish 
uchun zarur bo’lgan investitsiyalarga ilmiy asoslangan talablar yuzaga keladi. 
Bu esa, xo’jalik yurituvchi birlikning texnologik darajasini belgilash va uning 
texnologik rivojlanish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi. 
Bularning hammasi birgalikda qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirishda 
raqobat uchun (tegishli ishlab chiqarish vositalari, bozor aloqalari) qulay 
sharoitlarga ega bo’lgan xo’jaliklarning rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, iste’molchi bug’doyning navi va parametrlariga 
kata talab qo’yadi. Shundan kelib chiqqan holda urug’chilik bilan 
shug’ullanuvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 

bug’doy ekiladigan barcha hudularda istiqbolli navlar ekishni joriy qilish; 

don etishtiruvchilar va iste’mol qiluvchilarda nav tarkibiga yagona 
yondashuvni ishlab chiqish; 

yuqori sifatli urug’lar etarli hajmlarda etishtirilishini ta’minlash.

G’allachilik bo’yicha tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlarning fikricha, 
intensiv turdagi navlar va yuqri unimli, energetik vositalardan foydalanib, 
g’allachilikda 
yangi, yanada takomillashgan texnologiyalarni qo’llash 
sug’oriladigan maydonlarda etishtiriladigan bug’doy hosildorligi 1,5-1,7 
martaga oshishini ta’minlaydi. 
Bug’doy etishtirish samaradorligining pasayishiga sabab bo’layotgan 
omillardan biri respublika hamda mintaqalar darajasida axborot-maslahat 
ta’minoti yo’qligidir. 
Bug’doy etishtiruvchilarning ko’pchiligi mayda tovar xo’jaliklari (fermer 
va dehqon xo’jaliklari) dir. Shu bois viloyatlarda axborot-maslahat markazi 
bo’linmalari tuzishni tezlashtirish kerak. Ishlab chiqarishni rivojlanishning 
53 


yanada yuqori darajasiga o’tkazish qishloq xo’jalik tarmog’i samaradorligini 
ta’minlaydi, boshqa yordamchi xo’jaliklar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratadi, 
aholi moddiy farovonligini, shuningdek, ishlab chiqarishning daromadliligini 
ham, korxonaning investitsiya imkoniyatlarini ham oshiradi. Bu esa, korxona 
yoki tizimning o’z mablag’lari hisobidan yangi innovatsiya muammolarini 
echishga imkon beradi. 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishning innovatsiya yo’li 
ijtimoiy-iqtisodiy ahmiyatini shartli ravishda 3-rasmdagi ko’rinishda ifodalash 
mumkin. 
Innovatsiya ishlab chiqarishining rentabelligini 
samaradorligi va raqobatbardoshligi oshishini 
ta’minlaydi 
Qo’shimchi ish joylari tuziladi, qishloq 
xo’jalik sektorida faoliyat ko’rsatayotgan 
ishchilarning daromadlari va moddiy 
farovonligi oshadi 
O’rindosh va boshqa sanoat tarmoqlarida 
qo’shimcha ish joylari yaratiladi, sanoat 
sektorida 
faoliyat 
kirsatayotgan 
ishchilarning 
daromadi 
va 
moddiy 
farovonligi oshadi 
Soliq yig’imlari, byudjetga tushum 
ko’payadi, bu o’z navbatida quyidagilarni 
ta’minlaydi 
Byudjet tashkilotlari va 
Ilm-fanga va ko’p ilm 
Ilmiy tadqiqotlarni yanada 
muassasalarida 
talab qiladigan 
rivojlantirish ta’minlanadi, 
ishlaydigan xodimlarni 
texnologiyalarga 
innovatsiya riojlanishi yangi 
moliyaviy darajasi o’sadi
qo’yilmalar ko’payadi 
bosqichga o’tadi 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin