Toshkent irrigatsiya va qishloq


III BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINI



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#132747
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
qishloq xojaligi korxonalarini modernizatsiyalashning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati va oziga xos xususiyatlari

III BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINI 
MODERNIZATSIYALASHNING YO’LLARI VA ISTIQBOLLARI 
3.1. Qishloq
xo’jaligi
korxonalarini 
modernizatsiyalashni 
davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’llari 
Mamlakatimiz agrar mamlakat bo’lganligi bois qishloq xo’jaligi 
korxonalarida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid galdagi ilmiy va 
amaliy vazifalar o’z vaqtida bajarib kelinmoqda yanashu vazifalardan biri 
qishloq xo’jalik korxinalarini modernizatsiyalash ya’ni zamonaviy texnika va 
texnologiyalar bilan ta’minlash vazifasi hisoblanadi. 
Albatta keyingi yillarda mamlakatimizda so’g’oriladigan erlar miqdori 
kamayib bormoqda ya’ni unumdorligi kam bo’lgan erlar miqdori ortib 
bormoqda jumladan o’tgan asrning 90-yillarida o’rtacha jon boshiga 0,20 gektar 
sug’oriladigan qishloq xo’jaligi erlari to’g’ri kelgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2012 
yilda 0,15 gektarni tashkil qildi. Tahlillarga qaraganda, 2030 yilga borib hozirgi 
er maydonlari hajmi kamaymagan taqdirda ham, faqat aholi sonining o’sishi 
hisobiga jon boshiga 0,12 gektar maydon to’g’ri kelishi kutilmoqda. Bu 
kelgusida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasi yanada murakkab 
bo’lishidan dalolat beradi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning eng 
ustuvor 
yo’li 
– 
dehqonchilik 
mahsulotlari 
etishtirishda 
intensiv 
agrotexnologiyalarni qo’llash, sohani tom ma’noda modernizatsiya qilishdir. 
Ushbu masalaga Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning 2010 yil yakunlari va galdagi vazifalarga 
bag’ishlangan majlisida alohida to’xtalib: «Biz modernizatsiya deganda, 
ko’pincha sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilishni tushunishga o’rganib 
qolganmiz. Holbuki, sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotimizning qishloq 
xo’jaligi kabi etakchi sohasini ham modernizatsiya qilish, uning tarkibiga 
kiradigan deyarli barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining butun 
kompleksida texnik va texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta 
ehtiyoj sezilmoqda», deya ta’kidlagan edi. Bu borada Qishloq va suv xo’jaligi, 
33 


Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan 
birgalikda qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish bo’yicha qator loyihalar 
ishlab chiqildi. Jumladan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda, 
yangi zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni qo’llash; erlarning meliorativ 
holatini va suvdan samarali foydalanish orqali tuproq unumdorligini oshirish; 
chorvachilikni rivojlantirish; qishloq xo’jaligini yangi, zamonaviy, yuqori 
unumli va tejamkor texnikalar bilan ta’minlash; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlashni rivojlantirish; qishloq va suv xo’jaligi sohasini yuqori malakali 
kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish kabi yo’nalishlarda keng 
ko’lamli vazifalar belgilab olindi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda, yangi zamonaviy intensiv 
agrotexnologiyalarni qo’llash natijasida 2015 yilga borib boshoqli don etishtirish 
hajmini 10, meva etishtirish hajmini 72, sabzavot va kartoshka etishtirish 
hajmini 38 % oshirish ko’zda tutilmoqda. 
Yurtimiz qishloq xo’jaligining etkachi tarmog’i – paxtachilikda yangi 
agrotexnologiyalarni joriy etish, selektsiya va urug’chilikni takomillashtirish, 
qishloq xo’jaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash 
ishlarini rivojlantirish Dasturiga quyidagi tadbirlar kiritilgan: ekin maydonlarini 
ikki yarusli aylanma pluglar bilan 35–40 sm chuqurlikda ag’darib shudgorlash; 
chigitni resurstejamkor, zamonaviy, yuqori unumli 8 qatorli seyalkalarda ekish; 
er resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida 60 sm 
kenglikda chigit ekishni kengaytirish; unumdorligi past erlarda hamda suv tanqis 
yillarda paxtadan mo’l va sifatli hosil olishda chigitni qo’shqator usulida ekish; 
er tekislashni zamonaviy lazerli er tekislagichlar yordamida amalga oshirish 
vazifalari belgilab olindi. Yuqorida ta’kidlangan vazifalarni amalga oshirish 
orqali bunday istiqbolli navlar yanada ko’payadi. Yurtimiz paxtakorlari 
erishayotgan bugungi natijalar yanada mustahkamlanib, davlatimiz xazinasiga 
paxta tolasini sotishdan tushadigan valyuta miqdori ortadi. Dehqonlarimizning 
moddiy manfaatdorligi oshib, turmushi yanada farovonlashadi. 
34 


Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi sug’orma dehqonchilikka asoslanganligi 
hech kimga sir emas. Shunday ekan, sug’oriladigan erlarning unumdorligini 
oshirmasdan turib, pirovard maqsadga erishib bo’lmaydi. Ta’kidlash joizki, 
bugungi kunda yurtimizda jami sug’oriladigan erlarning qariyb yarmi turli 
darajada sho’rlangan. Shu bois, sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini 
yaxshilash bo’yicha yaqin yillar mobaynida keng ko’lamli ishlarni amalga 
oshirish rejalashtirilmoqda. 
Suv iste’molini ilmiy asoslangan holda rejalashtirish, shuningdek, aniq 
tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda suv resurslaridan oqilona 
foydalanish, melioratsiya ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash va 255 ming 
gektar erda kollektor-oqava suvlarining oqib chiqib ketishini ta’minlash, 1 mln 
132 ming gektar sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va 
barqarorlashtirish, bu erlarda tuproq ball-bonitetini 2–3 ballga oshirish, 
meliorativ texnikalar parkini yangilash va suv xo’jaligi ekspluatatsiya 
tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi vazifalarga 
ustuvor ahamiyat qaratiladi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilg’or texnika va texnologiyalarsiz 
tasavvur qilish qiyin. Masalaning bu jihati naqadar muhim ahamiyat kasb 
etishini inobatga olgan holda sohani texnik-texnologik jihatdan modernizatsiya 
qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qishloq xo’jaligi texnikalari 
parkini sifat va miqdor jihatdan yangilash, yangi qishloq xo’jaligi texnikalari 
ishlab chiqarishni o’zlashtirish va sohada zamonaviy, resurs tejovchi 
agrotexnologiyalarni 
joriy 
etish, 
qishloq 
xo’jaligi 
mashinasozligi 
korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, qishloq 
xo’jaligi 
texnikalari 
ishlab 
chiqarishini 
moliyalashtirish 
manbalarini 
diversifikatsiya qilishda bu jarayonga davlat byudjeti malag’larini tijorat 
banklari, xo’jalik yuritish sub’ektlari, qishloq xo’jaligi lizingi bilan 
shug’ullanuvchi sub’ektlarni keng jalb qilgan holda qisqartirib borishga ustuvor 
vazifa sifatida yondoshilmoqda. 
35 


Qishloq xo’jalik texnikalarini yangilash bo’yicha xorijning ilg’or 
kompaniya va firmalari bilan keng hamkorlik qilish nazarda tutilgan. Qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish borasidagi tadbirlar 
natijasida 2015 yilga borib meva-sabzavot va poliz mahsulotlarni qayta ishlash 
1,5 go’shtni qayta ishlash 2,2 sutni qayta ishlash 1,6 marta ko’payadi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 2015 yilga qadar 
500 dan ortiq loyiha ishga tushiriladi. Jumladan, go’shtni qayta ishlash bo’yicha 
142 ta korxona tashkil etilib qo’shimcha 25,2 ming tonna mahsulot; sutni qayta 
ishlash bo’yicha 159 ta korxona ishga tushirilib qo’shimcha 65,6 ming tonna 
mahsulot; meva-sabzavotni qayta ishlash bo’yicha 189 ta korxona faoliyati 
yo’lga qo’yilib qo’shimcha 89,7 ming tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga 
erishiladi. 
Yuqoridagi kabi chora-tadbirlar qishloq xo’jaligining deyarli barcha tarmoq 
va ishlab chiqarish sohalarining butun kompleksini qamrab oladi. 
Bu boradagi sa’y-harakatlardan ko’zlangan asosiy maqsad, mamlakatimiz 
iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biri – qishloq xo’jaligini barqaror 
rivojlantirish, soha samaradorligini oshirish, xalqimizning, ayniqsa, qishloq 
aholisining turmush darajasini yuksaltirish, o`zbekistonning rivojlangan 
davlatlar safidan mustahkam o’rin egallashini ta’minlashdan iborat. 
Agrar kompleksni moliyaviy 
qo’llab-quvvatlash, sanoatda ishlab 
chiqarishni ko’paytirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta 
ishlash, fermer xo’jaliklarini moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, 1 trln. 
384 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. 
Bank mablag’lari hisobiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aholi 
bandligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini qo’llab-quvvatlash, mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish 
orqali 51 255 ta ish o’rinlari tashkil etildi. 
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2012 yil davomida bankning 
moliyaviy ko’magi asosida qo’shimcha 324,9 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi va xizmatlar ko’rsatildi, jumladan: 
36 


- oziq-ovqat yo’nalishidagi loyihalar hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori 89,8 mlrd. so’m; 
- nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlari miqdori 58,4 mlrd. so’m; 
- savdo va xizmat ko’rsatish hajmi 154,5 mlrd. so’m; 
- sotib olingan qishloq xo’jaligi texnikalari tomonidan ko’rsatilgan 
agrotexnik xizmatlar hajmi 22,3 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
Davlat ehtiyojlari uchun paxta va g’alla etishtirish bo’yicha agrotexnik 
tadbirlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun 814,8 mlrd. so’m imtiyozli 
kreditlar ajratildi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari, shu jumladan fermer xo’jaliklari texnika 
parklari yangilanib, 46,7 mlrd. so’m kreditlar hisobiga samaradorligi yuqori 
bo’lgan 73 dona don o’rish kombaynlari, 542 dona haydov va chopiq traktorlari 
etkazib berildi. 
Jumladan, don o’rish kombaynlariga 7,1 mlrd. so’m, haydov va chopiq 
traktorlariga 25,2 mlrd.so’m, boshqa qishloq xo’jaligi texnikalari, turli xil 
tirkamalar va ehtiyot qismlar xarid qilishga 14,5 mlrd. so’m kredit mablag’lari 
yo’naltirildi. 
Paxta tozalash va don korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish sifatini 
yaxshilash, zamonaviy qayta ishlovchi texnologik uskunalar o’rnatish hamda 
eksport salohiyatini oshirish maqsadida “O’zpaxtasanoat” uyushmasi hamda 
“O’zdonmahsulot” kompaniyasi tizimidagi korxonalarga uzoq muddatli 
investitsiya mablag’larini ajratilishiga asosiy e’tibor qaratildi. 
Xususan, don hosildorligini oshirish hamda urug’lik sifatini yaxshilash 
maqsadida don korxonalariga Germaniyaning “Pektus” kompaniyasining 
urug’likni qayta ishlovchi texnologik uskunalar uchun jami 16,9 mlrd. so’m 
hamda yopiq sig’im omborlari qurilishiga 2,6 mlrd. so’m kreditlar ajratildi. 
Paxta tozalash korxonalarida mahsulot sifatini yaxshilash hamda eksport 
salohiyatini oshirish maqsadida modernizatsiya va rekonstruktsiya qilishga 
bugungi kunga qadar 34,8 mlrd. so’m mablag’lar yo’naltirildi. 
37 


Shuningdek, paxta tozalash korxonalari qoshida chorvachilik va 
parrandachilikni tashkil etishga 16,6 mlrd. so’m miqdorida kreditlar ajratilib, 
836 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 
Pilla hosilini o’z vaqtida va sifatli etishtirish maqsadida fermer 
xo’jaliklariga to’lanadigan bo’nak mablag’lari uchun 1,5 mlrd. so’mlik kreditlar 
ajratildi. 
Suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan tadbirlar uchun 24 ta 
“Davsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonalariga 1,8 mlrd. so’m miqdorida 
kreditlar mablag’lari ajratildi. 
Qishloq xo’jalik korxonalari va ularga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarga 
moliyaviy ko’mak berish hamda ular o’rtasidagi debitorlik va kreditorlik 
qarzlarini qisqartirish maqsadida monitoringga olingan vazirlik va idoralar 
tarkibidagi korxonalarga 369,9 mlrd.so’m kreditlar ajratildi va faktoring 
xizmatlari ko’rsatildi. 
Jumladan, 
“O’zpaxtasanoat” 
uyushmasiga 
221,3 
mlrd. 
so’m, 
“O’zdonmahsulot” kompaniyasiga 60,3 mlrd. so’m, “O’zagromashservis” 
uyushmasiga 18,9 mlrd. so’m va “O’zkimyosanoat” kompaniyasi tarkibidagi 
“Qishloqxo’jalikkimyo” korxonalariga 69,4 mlrd. so’m “O’zagromashservis” 
tizimidagi MTPlar negizida tashkil etilgan “Agrotexservis” MChJlarning ustav 
kapitalini shakllantirishga bank tomonidan 728,4 mln. so’m mablag’lar 
investitsiya qilindi. 
Shuningdek, “Agrotexservis” MChJlar negizida qora mol, tovuq fermasi, 
limonariya, nonvoyxona va boshqa servis xizmatlarini tashkil etish maqsadida 
1,5 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 94,2 mlrd. so’mlik 10 
mingdan oshiq loyihalar moliyalashtirilib, joriy yilda etishtirilgan mahsulot 
hajmini 89,8 mlrd. so’mga ko’payishiga erishildi. 
Jumladan, chorvachilikni rivojlantirishga 31,6 mlrd.so’m, parrandachilikka 
18,6 mlrd. so’m, baliqchilik va asalarichilikka 1,8 mlrd. so’m hamda 
38 


issiqxonalar tashkil etishga 5,4 mlrd. so’m miqdorida kredit mablag’lari 
yo’naltirildi. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlashga qaratilgan loyihalar uchun 7,8 mlrd. 
so’m kredit ajratildi. 
Hududlarda bog’dorchilikni tashkil etish, jumladan intensiv bog’larni 
tashkil qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 18 ta fermer 
xo’jaligigi 1,7 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi. 
Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini 
rivojlantirish bo’yicha manzilli dasturga asosan 16 ta yopiq sovutgichli sig’imlar 
qurish uchun 2,2 mlrd. so’m bank mablag’lari ajratildi va 2170 tonna hajmdagi 
mahsulot saqlashga mo’ljalangan sig’imlar ishga tushirildi. 
Bank tomonidan ajratilgan 1,3 mlrd. so’m kredit va 2,7 mlrd. so’m 
miqdorida naqd pul mablag’lari hisobiga bugungi kunda sovutgichli sig’imlarda 
5 ming tonnadan ortiq sabzavot va bog’dorchilik mahsulotlari zahira qilingan. 
Jumladan, 1,9 ming tonna kartoshka, 1,4 ming tonna piyoz, 605 tonna 
sabzi, 152 tonna karam, 226 tonna meva, 231 tonna poliz va dukkakli ekinlari 
hamda 468 tonna guruch mahsulotlarining zahirasi yaratilgan
Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, jumladan dehqonchilik qilish 
uchun ekin urug’lari, mevali daraxt ko’chatlari hamda zaruriy kimyo vositalari 
etkazib berilishi tizimli tashkil qilishga jiddiy e’tibor qaratilib, ushbu 
yo’nalishga 13 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar berildi. 
Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida bank tomonidan 
respublikaning 162 ta tumanida 654 ta bank xodimlaridan iborat otryadlar tuzildi 
va 508 ta avtomashinalar jalb etilib, ko’chma do’konlar tashkil etildi. 
Avtomashinalarda tashkil etilgan ko’chma do’konlar talab etiladigan ekin 
urug’-ko’chatlari, biologik hamda mineral o’g’itlar, kimyoviy vositalar, 
inventarlar bilan to’liq ta’minlangan bo’lib, ular belgilangan grafiklar asosida 
to’liq faoliyat ko’rsatmoqda. 
39 


Bugungi kunga qadar 248,1 mln. so’mlik 45758 dona sabzavot va mevali 
daraxtlar ko’chatlari, 421,9 mln. so’mlik 12,3 tonna sabzavot va poliz ekinlari 
urug’lari, 136 mln. so’mlik 11,3 mingta ish anjomlari etkazib berilgan bo’lib, 
jami 24,8 ming xonadonga 806,1 mln. so’mlik xizmat ko’rsatildi. 
Joylardan olingan ma’lumotlarga asosan amalga oshirilgan hisob-kitoblarga 
ko’ra ushbu ishlarga 70,2 mlrd. so’mlik mablag’lar sarf etilishi aniqlandi, 
shundan 63 mlrd. so’mi aholining o’z mablag’lari va 7,2 mlrd. so’mlik bank 
krediti hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
Hisobot yilida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-
quvvatlash uchun 355,4 mlrd. so’mlik kreditlar ajratilib, 43 mingdan ortiq yangi 
ish o’rinlari yaratildi. 
Ajratilgan kreditlarning 57 foizi yoki 204 mlrd. so’mi o’zoq muddatlarga 
ajratildi. 
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining: 
- qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish hamda qayta ishlashga 
qaratilgan 528 ta 18,3 mlrd. so’mlik loyihalarini moliyalashtirish hisobiga 3903 
ta qishloq aholisi ish bilan ta’minlandi va 22,0 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi; 
- aholining nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishga 
qaratilgan 122 ta 6,5 mlrd. so’mlik loyihalarini moliyalashtirish hisobiga 653 ta 
qishloq aholisi ish bilan ta’minlandi va 6,7 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi. 
Bank tomonidan 82,4 mlrd. so’m miqdorida mikrokreditlar ajratildi, 
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklariga chorva mollarini 
ko’paytirishni rag’batlantirishga berilgan kreditlar 10,1 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 iyundagi 299-sonli qarori ijrosi 
doirasida tadbirkor ayollarning loyihalariga 32,4 mlrd. so’m kredit mablag’lari 
ajratildi va 4 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil qilindi. 
40 


Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga 
qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga 94,1 mlrd. so’m kredit ajratilib, 11428 
ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 
Bank tomonidan umumiy qiymati 30,1 mlrd. so’mlik 12 ta iqtisodiy nochor 
korxonalar bank balansiga qabul qilindi va bankrotlik jarayonidagi xarajatlarni 
qoplash uchun 1,5 mlrd. so’m to’lovlar amalga oshirildi. 
Bankrot korxonalar faoliyatini tiklash maqsadida, ularning ishlab chiqarish 
bazasini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun jami 32,1 mlrd. so’m, 
shu jumladan 2012 yilda 14,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiya mablag’lari 
kiritildi. 
Ushbu mablag’lar hisobidan 15 mlrd.so’mlik qurilish, ta’mirlash va montaj 
ishlari amalga oshirildi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish 
uchun 8 mlrd.so’m miqdorida aylanma mablag’lari ajratildi. 
Bankrot korxonalar negizida raqobatbardosh va yuqori sifatli mahsulotlar 
ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida xorijdan zamonaviy texnologiyalar 
sotib olishga 9 mlrd. so’m yoki 4,9 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’lar 
yo’naltirildi. 
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, bankrot korxonalar negizida yillik 
loyiha quvvati 98 mlrd. so’mlik yoki 7,8 ming tonna oziq-ovqat, 905 tonna 
tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, 55 mln. dts. kv. terini qayta ishlovchi 
hamda 2 mln. dona atirgul etishtirishga ihtisoslashgan yangi korxonalar barpo 
etilib, 600 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlandi. 
Bugungi 
kunda 
faoliyati 
tiklangan 
korxonalarda 
biznes 
reja 
ko’rsatkichlariga asosan 17,7 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib (2012 
yilda 9,8 mlrd. so’m), shundan 5,8 mln. AQSh dollari miqdorida (2012 yilda 2,3 
mln. AQSh dollari) eksportga yo’naltirildi. 
Mazkur korxonalarda 1 823 tonna kalava ip, 497 tonna go’sht va sut 
mahsulotlari ishlab chiqarildi, qishloq xo’jalik texnikalariga extiyot qismlar 
uchun 350 ming tonna metal qayta ishlandi hamda 1 200 gektardan ortiq er 
maydonlariga agrotexnik xizmatlar ko’rsatildi. 
41 


Bugungi 
kunda 
Prezidentimizning 
“Iqtisodiyotning real sektori 
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PF-4053-sonli Farmoni ijrosi doirasida bank balansiga olingan 12 
ta korxonaning 10 tasida ishlab chiqarish faoliyati to’liq qayta tiklandi va 7 tasi 
yangi investorga bosqichma-bosqich to’lov asosida sotildi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin