Tadqiqot
maqsadi
– mamlakat qishloq xo’jalik korxonalarini
modernizatsiyalash tizimini takomillashtirish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish
belgilab olindi:
- qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash tushunchasini ilmiy-nazariy
tavsifini asoslab berish;
- qishloq xo’jalik korxonalari rivojlanishining iqtisodiy ko’rsatkichlarini
tahlil qilish;
- qishloq xo’jalik korxonalarining modernizatsiyalash faoliyati
samaradorligini baholash;
5
- qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning asosiy
yo’nalishlarini asoslash;
- qishloq xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalashning istiqbollarini
aniqlash;
- qishloq xo’jalik korxonalarining modernizatsiyalash bo’yicha ilmiy-
amaliy takliflar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’ekti. Tadqiqot ob’ekti sifatida Yakkabog’ “Oq-oltin” paxta
tozalash ochiq hissadorlik jamiyati tanlangan.
Tadqiqot predmeti. Qishloq xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash
bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tadqiqotning predmetini tashkil etadi.
Tadiqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida
umumlashtirilgan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar mamlakatimiz qishloq
xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash va tarmoqni rivojlantirishning
strategik kontseptsiyasini ishlab chiqishda, mutasaddi muassasalarning dasturiy
va tashkiliy faoliyatida keng qo’llanilishi hamda bitiruv malakaviy ishining
asosiy g’oyalari mazkur yo’nalishdagi muammolarni chuqur tadqiq etishga
bag’ishlangan kelajakdagi ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining hajmi, tarkibiy jihatdan kirish, uch bob,
xulosa, foydalanilgan aadabiyotlar ro’yxatidan iborat.
6
|