Yuqoridagilarga
asoslanib,
shunday
xulosaga
kelish
mumkin:
modernizatsiyalashning asosiy mazmuni o’zgarish, bosh vazifasi esa vazifaning
o’zgarishi, demakdir.
Bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimni ikkinchisi bilan almashtirishda anchagina
yangilanishlar bo’lmoqda, ko’p tarmoqli iqtisodiyotni modernizatsiyalash o’tishi
natijasida, modernizatsiyalash jarayoni jamiyat hayotiy faoliyatining barcha
sohalarini
qamrab
oladi,
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
sohagagina
modernizatsiyalash kiritish bilan cheklanib qolmaydi va modernizatsiyalash
jarayoni pirovardida ishlab chiqarishdagi inqirozlarni bartaraf etib, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydi.
Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish
maqsadidagi asosiy chora-
tadbirlar ham ushbu yo’nalishni taraqqiy etdirish orqali korxonalarning ishlab
chiqarish samaradorligiga erishish uchun ishlatilmoqda. Tayyor mahsulotni
chiqarishda korxonalar oldidagi birinchi vazifa mehnat resurslaridan, moddiy-
texnika vositalari va moliyaviy vositalardan samarali foydalanish, bahoning
foydadan ustunligini ta’minlash, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish
hisoblanadi.
Xom ashyo etishtiruvchilar industrial modernizatsiyalashda
ishtirok etishi
ularning mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishiga imkon beradi. Shu
bois, industrial modernizatsiyalashda xom ashyo etishtiruvchilarning ishtirok
etishi bo’yicha mexanizmni yaratish, ishlab chiqarish rejasiga,
shuningdek,
tadqiqot ishlari rejasiga, ya’ni modernizatsiyalashning ilmiy ta’minotiga ushbu
masala kiritilishi lozim. Shunday qilinsa, yana bir muhim masala hal etiladi:
ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashda korxona ishtiroki yanada takomillashadi.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga, shuningdek, qishloq
xo’jalik korxonalari mahsulotlari eksporti doirasini kengaytirishga ishlab
chiqarish, qayta ishlash, saqlash va xizmatlar bo’yicha muammolarni hal qilish
orqali erishiladi. Shu bilan birga hozirgi davrda oziq-ovqat bilan ichki bozorni
ta’minlashda ham davlat himoyasi zarur, shuningdek, davlat tomonidan qishloq
xo’jaligi mahsulotlari va ularning qayta ishlanganlariga o’zgaruvchan bahoni
8
qo’yish, er va soliq qonunlari, investitsiya kiritish uchun engilliklar berish orqali
imkoniyatlar yaratiladi.
Qishloq xo’jaligini jadal va to’liq rivojlantirish uchun ishlab chiqarish
modernizatsiyasini qo’llash talab qilinadi. Buning uchun er va mehnat resurslari
imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish,
parvarishlash texnologiyalarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish,
tarmoqning moddiy-texnika bazasi talab darajasida mustahkamlanishiga erishish
zarur.
Bunda shuningdek, qishloq xo’jalik korxonalari ekinlari turlari bo’yicha
mahsulot etishtirishga, mashina majmuasini yangilashga alohida ahamiyat berish
lozim.
Shuni hisobga olib, qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoatini
modernizatsiyalash rivojlantirish masalasini qayta ko’rib chiqib, soha uchun
zarur texnika vositalarining ma’lum qismini yaqin va uzoq xorijdan keltirish
masalasini hal qilish lozim. Muammolardan yana biri qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarish, bozor bilan bog’liq muammodir. Bu muammoning echilishi, davr
talab qilayotganidek, yig’ib olingan mahsulotdan samarali foydalanish, uni
samarali taqsimlash, qayta
ishlash sanoatini kengaytirish, har xil iste’mol
tovarlari ishlab chiqarishni taqozo etadi. Bunga erishish esa, qishloq xo’jalik
korxonalari mahsulotlari etishtirish samaradorligini, shuningdek, ichki
bozordagi singari tashqi bozorda ham ularning raqobatbardoshligini ma’lum
darajada oshiradi.
o`zbekistonning modernizatsiyalash tizimi xo’jalik korxonalari yuritishning
yangi tizimiga ko’nikishi, avvalambor, tadbirkorlik sektori modernizatsiyalash
faoliyati transformatsiyasini, ya’ni, «texnologik turtki»
modelidan yangi
mahsulotga talabni aniqlash modeliga o’tishda namoyon bo’ladi.
o`zbekiston iqtisodiyotining turli sektorlarida amalga oshirilayotgan
xalqaro ilmiy-texnik va texnik hamkorlik, korxonalar raqobatbardoshligini
oshirishda muhim rol o’ynaydi, yangi texnologiyalar ichki bozorlarga kirib
kelishiga ko’maklashadi.
9
Hozirda ko’p ilm-fan talab qiladigan va texnik jihatdan murakkab
tarmoqlarning rivojlanishi yuqori darajada globallashish, jahon savdo-sotiq
kanallari bo’yicha, transmilliy korporatsiyalarni global ishlab chiqarish va sotish
tarmoqlari orqali texnologik yangiliklar tarqalishi bilan xarakterlanadi. Ko’p
ilmiy echim talab qilinadigan ishlab chiqarishni
avval eksport uchun, so’ngra
ichki bozor uchun tashkil qilish ko’pgina mamlakatlar iqtisodiyoti
yuksalishining asosiy omili bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: