bo’yicha izchil harakatlar yig’indisi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishga bunday kompleks yondashish tashkil
qilinmaganligi bois sohada modernizatsiyalash loyihalar bilan ishlash keng
miqyosda joriy etilmagan. Bunga asosan qishloq xo’jaligining o’ziga xos
xususiyatlari
modernizatsiyalash
jarayonga
ko’rsatadigan
ta’sir,
modernizatsiyalashga jalb qilishning asosiy yo’nalishlari va ularni amalga
oshirish stsenariylari, modernizatsiyalashni oshirish yo’llari, modernizatsiyalash
faoliyatni, jarayonni, salohiyatni, tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha ilmiy
asoslangan tavsiyalar etishmasligi sabab bo’lmoqda. Bunda shuningdek, qishloq
xo’jaligi mahsulotlari fermer xo’jaliklar tomonidan etishtirilayotgan sharoitda
fan-texnika
yutuqlariga
asoslangan
modernizatsiyalash
loyihalarning
shakllanishi hamda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va shundan kelib
chiqib,
agrar
siyosatni
takomillashtirish
muammolari
etarlicha
o’rganilmaganligining ham ta’siri bor.
Shuning uchun ham sanab o’tilgan muammolarning nazariy va amaliy
asoslarini o’rganish va ular bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish mamlakat
qishloq xo’jaligining bugungi va ertangi kunining dolzarb masalasi bo’lmoqda.
Shu munosabat bilan qishloq xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash
munosabatlarini taxlil etish va tegishli xulosalar ishlab chiqish lozim.
Dostları ilə paylaş: