KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Qishloq xo’jaligida
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida hozirgi kunda qishloq
xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalash va tarmoqni yanada rivojlantirish
yo’nalishlariga yangicha qarashlarning shakllanishi namoyon bo’lmoqda, bu
albatta tarmoqni
yanada barqarorlashuvini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
etishtirishni ko’payishiga, resurslardan unumli foydalanishga,
yangi ish
o’rinlarining paydo bo’lishiga olib keladi va pirovardida qishloq xo’jaligini
rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasto’rning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida, “Biz
bugun
2013
yilning
yakunlari
haqida
gapirganda,
avvalo,
o’tgan
yilda
mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani,
modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini
qayd etamiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo
aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past
bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi”
1
, deb ta’kidladilar.
Ma’lumki, qishloq xo’jalik korxonalarini
rivojlanib borishi bilan birga,
ularning soni va ishlab chiqarishdagi salmog’i ortib bormoqda, albatta bunday
mexanizmlarni joriy etilishi yoki qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash jarayoni
sifat jihatidan yangi mahsulot olish uchun texnik yoki texnologiyalarni bevosita
ishlab chiqarishda
foydalanish, uning alohida tarkibiy qismlariga aylantirish
1
2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha
mavjud imkoniyatlarni
safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. /Xalq
so’zi. 2014 yil 18-yanvar/
4
bo’yicha izchil harakatlar yig’indisi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishga bunday kompleks yondashish tashkil
qilinmaganligi bois sohada modernizatsiyalash loyihalar
bilan ishlash keng
miqyosda joriy etilmagan. Bunga asosan qishloq xo’jaligining o’ziga xos
xususiyatlari
modernizatsiyalash
jarayonga
ko’rsatadigan
ta’sir,
modernizatsiyalashga jalb qilishning asosiy yo’nalishlari va ularni amalga
oshirish stsenariylari, modernizatsiyalashni oshirish yo’llari, modernizatsiyalash
faoliyatni, jarayonni,
salohiyatni, tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha ilmiy
asoslangan tavsiyalar etishmasligi sabab bo’lmoqda. Bunda shuningdek, qishloq
xo’jaligi mahsulotlari fermer xo’jaliklar tomonidan etishtirilayotgan sharoitda
fan-texnika
yutuqlariga
asoslangan
modernizatsiyalash
loyihalarning
shakllanishi hamda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va
shundan kelib
chiqib,
agrar
siyosatni
takomillashtirish
muammolari
etarlicha
o’rganilmaganligining ham ta’siri bor.
Shuning uchun ham sanab o’tilgan muammolarning nazariy va amaliy
asoslarini o’rganish va ular bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish mamlakat
qishloq xo’jaligining bugungi va ertangi kunining dolzarb masalasi bo’lmoqda.
Shu munosabat bilan qishloq xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash
munosabatlarini taxlil etish va tegishli xulosalar ishlab chiqish lozim.
Dostları ilə paylaş: