Toshkent irrigatsiya va qishloq


Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning iqtisodiy



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#132747
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
qishloq xojaligi korxonalarini modernizatsiyalashning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati va oziga xos xususiyatlari

2.2. Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning iqtisodiy 
samaradorligining tahlili 
Hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligi rivojlanishini yanada jadallashtirishning 
eng dolzarb muammolaridan biri tarmoq samaradorligini oshirishdir. Ishlab 
chiqarish samaradorligi murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, unda iqtisodiy 
qonunlarning harakatlari o’z ifodasini topadi va korxona faoliyatining muhim 
tomoni – natijaviyligi yuzaga keladi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini xarakterlashda 
natural va qiymat ko’rsatkichlari tizimidan foydalaniladi. Samaradorlikning 
natural ko’rsatkichlari qishloq xo’jaligi o’simliklari hosildorligi va hayvonlar 
mahsuldorligi hisoblanadi. Natural ko’rsatkichlar qiymat ko’rsatkichlarni: yalpi 
va tovar mahsulot, yalpi va sof daromad, foyda va ishlab chiqarish rentabelligini 
hisoblashda asos sanaladi. 
Yalpi mahsulot – ma’lum davr mobaynida yaratilgan barcha qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarining puldagi ifodasi, tovar mahsulot esa, sotilgan 
mahsulotdir. 
19 


Yalpi daromad (YaD) –yalpi mahsulot (YaM) qiymati bilan undagi moddiy 
sarflar (Ms) orasidagi farqdir: 
ЯД 

 ЯМ 

 Мс 
Sof daromad (SD) yalpi mahsulot qiymatidan ishlab chiqarish xarjatlari 
yoki uning tannarxini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi: 
СД 

 ЯМ 

Тм 
Sof daromad hajmini yalpi daromad qiymatining ish haqiga to’lovini (Hi) 
ayirib ham hisoblash mumkin: 
СД 

 ЯД 

 Хи 
Iqtisodiy adabiyotlarda yaratilgan (T) va realizatsiya qilingan (T`) sof 
daromad farqlanadi. Sof daromadning realizatsiya qilingan qismi korxona 
foydasi hajmiga to’g’ri keladi. Demak, agar sof daromadni yalpi mahsulotni 
taqsimlash orqali topadigan bo’lsak, unda foyda (F) mahsulotni sotishdan 
keladigan tushum (Ts) bilan uning to’liq tannarxi (Ts) ayirmasi sifatida 
hisoblanadi. 
Ф 

 Тс 

Тк 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini 
umumlashtiruvchi natija rentabellikdir. Rentabellik darajasi (R) foydaning 
mahsulotning to’liq (tijorat) tannarxiga nisbatan % dagi qiymati sifatida 
hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar butun qishloq xo’jaligining samaradorligini 
xarakterlashda ham, tarmoq samaradorligini ifodalashda alohida mahsulot 
bo’yicha ham qo’llaniladi. 
Qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi sohaga etarli ahamiyat 
berilmaganligi, texnika, o’g’it, kapital mablag’lar kam ajratilganligi tufayli 
hozirgi holatga tushdi. Chunonchi, keyingi yillarda qishloq xo’jaligiga xalq 
xo’jaligiga sarf etilgan kapital mablag’larning 30-32%i ajratilgan. 
20 


Iqtisodiy samaradorlik 
ko’rsatkichlari 
Natural 
Qishloq xo’jaligi 
o’simliklarining hosildorligi 
Hayvonlarning 
mahsuldorligi 
100 ga erga to’g’ri keladigan 
ishlab chiqarish mahsuloti 
Qiymat 
Yalpi daromad 
Sof daromad 
Foyda 
Rentabellik 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin