II BOB. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINI HOZIRGI
HOLATI HAMDA IQTISODIY SAMARADORLIGINING TAXLILI
2.1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini hozirgi holatining taxlili
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni xom
ashyo bilan ta’minlash hamda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining
ma’lum bir qismi shu soha zimmasida ekanligini inobatga olsak, uning
respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida naqadar muhim o’rin tutishi ayon
bo’ladi. Shu bois, Yurtboshimiz rahnamoligida mustaqillikning dastlabki
yillaridan boshlab qishloq xo’jaligida keng ko’lamli hamda izchil islohotlar
amalga oshirilib kelinmoqda.
Istiqlol yillarida qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini bosqichma-
bosqich joriy etishning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish va uni
takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratildi. o`zbekiston Respublikasining
Er kodeksi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”,
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlari va
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatining
huquqiy asoslarini shakllantirish hamda qishloqda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Sohaning barcha tarmoqlarida turli mulkchilik va xo’jalik yuritish
shakllarining rivojlanishi, mahsulot ishlab chiqarish tarkibida nodavlat sektorda
faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik sub’ektlari ulushining yuqori bo’lishiga zamin
yaratmoqda. Natijada, keyingi yillarda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotida
ularning ulushi qariyb 100 foizga etdi.
Xo’jalik yuritishning eng samarali, taraqqiy etgan davlatlar tajribasida
o’zini har tomonlama oqlagan fermerlik harakatiga o’tilishi esa soha rivojida
yangi davrni boshlab berdi.
Aytish joizki, fermer xo’jaliklarining er-suv, moddiy-texnika va mehnat
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda rag’batlantiruvchi omillar
14
paydo bo’ldi. Fermer xo’jaliklari faoliyatini samarali yo’lga qo’yish uchun
barcha zaruriy shart-sharoitlarning yaratilganligi ularning qishloq xo’jaligi
mahsulotlari
ishlab
chiqarishdagi
ulushi
va
iqtisodiy
samaradorlik
ko’rsatkichlarining muntazam ortib borishiga sabab bo’lyapti.
Ayniqsa, keyingi yillarda fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash, ekin turlarini hududlar tabiiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan
holda, mamlakat ehtiyojlari va bozor talablari asosida joylashtirish, tuproq
unumdorligini oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda har bir
gektar maydon hisobiga olinadigan foyda miqdorini ko’paytirishga qaratilgan
samarali tizimlar joriy etilmoqda.
Masalan, so’nggi yillarda paxta maydonlarining qisqartirilishi hisobiga
donli, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining ekilishi, bog’ va uzumzor
maydonlarning kengaytirilishi natijasida, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida ham aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozor
to’kinchiligi va narx-navoning mavsumiy barqarorligiga erishilyapti.
Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o’tgan yilda
mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani,
modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini
qayd etamiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo
aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past
bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
O’tgan yil yakunlariga ko’ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu
avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga
chuqur va har tomonlama puxta o’ylab yondashish natijasidir.
2013-yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga,
jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8
15
foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi.
Sohada amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli tadbirlar qishloq xo’jaligi
mahsulotlari hajmining barqaror o’sishini ta’minlamoqda. Jumladan, don ishlab
chiqarish hajmi 2013 yilda 2000 yilga nisbatan 1,7 marta, kartoshka ishlab
chiqarish 2,8 marta, poliz 3,1 marta, sabzavot 2,9 marta, meva va rezavorlar 2,6
marta va uzum 1,9 martaga ortdi. 2013 yilning dastlabki 6 oyida erishilgan
ko’rsatkichlar, jumladan, joriy yilda g’alladan rekord darajada hosil olinganligi
yil yakuni bo’yicha natijalarning bundan ham salmoqli bo’lishidan darak
bermoqda.
Buni avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy
o’zgarishlarning, mamlakatimiz bir paytlardagi agrar respublikadan bosqichma-
bosqich
ravishda
sanoati
rivojlangan
zamonaviy
davlatga
aylanib
borayotganining yaqqol tasdig’i sifatida qabul qilishimiz darkor.
Qishloq xo’jaligining o’zida keng ko’lamli o’zgarishlar va sifat jihatdan
yangilanishlar yuz bermoqda.
Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo’jaligi
ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o’ylangan siyosat olib
borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot bo’lmish paxta
yetishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq
xo’jaligi mahsulotlari etishtirishni bir necha barobar ko’paytirish imkonini berdi.
Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga zamin
tug’dirdi, kerak bo’lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon
bermoqda.
Bugungi fermer xo’jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o’z ixtiyorida
ijara asosidagi etarlicha ekin maydonlariga ega bo’lgan, yuksak samarali
zamonaviy texnika bilan ta’minlangan, ilg’or texnologiyalarni puxta egallagan
yirik xo’jaliklardir. Muxtasar aytganda, ular qishloqlarimizning tayanch
ustunidir.
16
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish
bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va
qishloq aholisiga xizmat ko’rsatish kabi yo’nalishlarda samarali faoliyat
ko’rsatmoqda va o’z istiqbolini topmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda
bunday fermer xo’jaliklarining soni 18 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.
Yurtimizda
qishloq
xo’jaligini
rivojlantirishning
kelajagi
haqida
gapirganda, er va suv resurslari bo’yicha imkoniyatlarimiz cheklanganini
hisobga olib, bu borada yagona to’g’ri yo’l – qishloq xo’jaligini intensiv asosda
rivojlantirish, erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, selektsiya ishlarini
chuqurlashtirish, yuksak samarali zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va
suvdan oqilona foydalanish, eng muhimi – dehqon va fermerlarning dardi bilan
yashash, desam, o’ylaymanki, barchangiz mening fikrimga qo’shilasiz.
Faqat erga mehr, uning unumdorligini oshirish va birinchi navbatda dehqon
va fermerga doimiy e’tibor, ularning manfaati haqida g’amxo’rlik qilish – bu
qishloqni va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo’yicha biz
tanlagan yo’ldir.
O’tgan yili 2013-2017 yillarda sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini
yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha kompleks chora-
tadbirlar
davlat
dasturini
qabul
qilindi.
Iqtisodiyotimizni
barqaror
rivojlantirishda xizmat ko’rsatish sohasi tobora katta rol o’ynamoqda. Biz o’tgan
yilning boshida 2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis
sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturini
tasdiqladik. 2013-yilda xizmat ko’rsatish bo’yicha 13 mingdan ortiq korxona,
jumladan, savdo-maishiy komplekslar, minibanklar va sug’urta kompaniyalari
filiallari va boshqa korxonalar tashkil etildi.
Ma’lumki, aholining o’sishi va sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanib
borishi natijasida suv resurslari hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan
talab ham o’z-o’zidan ortadi. Er resurslarining cheklanganligi va suvning
tanqisligi ulardan tejamli, oqilona foydalanishni, erlarning meliorativ holati va
unumdorligini yaxshilash orqali ekinlar hosildorligini oshirishni taqozo
17
etmoqda. Bu borada, sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashga
qaratilgan 2008–2013 yillarga mo’ljallangan davlat dasturi doirasida moliya
vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash
jamg’armasi mablag’lari hisobidan meliorativ ob’ektlarni ta’mirlash va tiklash
ishlari jadal olib borildi.
Jamg’arma hisobidan 2013 yilda meliorativ ob’ektlarni rekonstruktsiya
qilish, qurish hamda ta’mirlash va tiklash ishlari amalaga oshirilib, 260 ming
gektardan ziyod sug’oriladigan erlarning holati yaxshilandi. Umuman olganda,
2008-2013 yillarda ushbu tadbirlar natijasida jami 1 mln. 200 ming gektar
maydonning meliorativ holatida ijobiy o’zgarish ko’zga tashlandi.
Qishloq xo’jaligining yana bir muhim tarmog’i – chorvachilik sohasida
ham qator yutuqlarga erishilmoqda. 2013 yil yakuni bilan barcha toifadagi
xo’jaliklarda qoramollar bosh soni 2012 yilga nisbatan 5,2 foizga, qo’y va
echkilar 105,8 foizga, parrandalar bosh soni 111,1 foizga ko’paydi. Natijada,
tirik vaznda go’sht ishlab chiqarish 2012 yilga nisbatan 107, sut 108, tuxum 113,
jun 108, hamda qorako’l teri ishlab chiqarish 109 foizga ortdi.
Respublikada naslchilik-selektsiya ishlari bilan shug’ullanuvchi 448 ta
xo’jalik faoliyat yuritmoqda. Ushbu xo’jaliklarda qoramollarning ettita zoti
bo’yicha turli yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, 2591 ta
ixtisoslashtirilgan veterinariya punktlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu ishlarning
barchasi aholi, dehqon va fermer xo’jaliklari uchun davlatimiz tomonidan
yaratib berilayotgan qulaylik va imkoniyatlardir.
Keyingi yillarda qishloq xo’jaligiga lizing asosida etkazib berilayotgan
texnikalar turi va soni ham ortib bormoqda. Lizing asosida sotilayotgan
texnikalar qatoriga traktor, kombayn, chigit ekish seyalkalari va chekanka
qiluvchi agregatlarning o’nlab yangi modellari kiritildi. Lizing asosida qishloq
xo’jaligi texnikalari etkazib berish 2013 yilda 2010 yilga nisbatan qariyb ikki
martaga ortdi.
Shu o’rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22
oktyabrda e’lon qilingan “O`zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni
18
yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
farmoni mamlakatimizda fermer xo’jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va
moliyaviy barqarorligini oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada
kengaytirish, yangi ishchi o’rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishda
fermer xo’jaliklarining rolini oshirish bilan bog’liq barcha masalalarni qamrab
olganligini qayd etib o’tish joiz. Mazkur farmon agrar sohada etakchi kuchga
aylanib borayotgan fermerlik harakatining sifat jihatdan yangi bosqichga
ko’tarilishiga mustahkam zamin yaratdi. Bir so’z bilan aytganda, fermer
xo’jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish,
ularning er-suv resurslaridan oqilona foydalanishi, zamonaviy texnologiyalarni
joriy etishini rag’batlantirish kelgusida ham mazkur soha rivojlanishining
ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |