Тошкент кимё – технология институти


 Polimerlarni sintez qilishning texnologik usullari



Yüklə 461,5 Kb.
səhifə7/9
tarix07.04.2023
ölçüsü461,5 Kb.
#94420
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11-12-m-plastmassalar

5. Polimerlarni sintez qilishning texnologik usullari


Texnikada polimerlarni sintez qilshning uch xil usuli, ya’ni massada polimerlanish, erituvchi muhitida polimerlanish va emulsion polimerlanish usullari keng tarqalgan.


Massada polimerlanish usuli (blok usuli)


Suyuq holdagi monomerlarni hech qanday erituvchisiz o‘z holida polimerlanish usuli massada polimerlanish deyiladi. Bu usulda yaxlit va qattiq polimer bloki hosil bo‘ladi, uning shakli esa reaksiya olib borilgan idishning shakliga kiradi.


Odatda, massada polimerlanish reaksiyasi, ko‘pincha organik pe­roksidlar ishtirokida, qisman, issiqlik va nur ta’sirida olib bo­riladi.
Bu usulning asosiy kamchiligi shundaki, bunda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikni hosil bo‘lgan polimer blokidan o‘z vaqtida yo‘qotish qiyin. Buning natijasida polimerlanish reaksiyasi sistemaning har xil nuqtalarida turli harorat va turlicha tez­lik bilan davom etadi. Haroratning haddan tashqari ortib boi­shi, ayniqsa, idishning o‘rta qismida polimer zanjirlarini destruk­siyalaydi (parchalaydi) va ularning o‘rtacha molekula massasini ka­maytiradi.
Usulning yana bir kamchiligi shuki, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan qattiq va yaxlit polimer namunalarini ajratib olish hamda ularni qayta ishlab buyum olish anchagina texnologik jarayonlarni qo‘l­lashni talab qiladi. SHuning uchun ham blok usulidan polimerni qayta ishlash talab qilinmaydigan hollardagina foydalaniladi.
Jumladan, metilmetakrilatdan polimetilmetakrilat (organik shisha) olishda, stirolni polistirolga aylantirishda bu usul qo‘llani­ladi. Masalan, samolyotsozlikda ko‘p qo‘llaniladigan material - or­ganik shisha massada polimerlash usuli bilan hosil qilinadi.

Erituvchi muhitida polimerlanish


Erituvchi muhitida polimerlanish ikki xil bo‘ladi. Birinchi usulda olingan erituvchida monomer ham va hosil bo‘ladigan polimer ham yaxshi eriydi (lok usuli).
Ikkinchi usulda, olingan erituvchida monomer eriydi, ammo ho­sil bo‘lgan polimer erimaydi va, natijada, polimer cho‘kmaga tushadi.
Erituvchi muhitida olib boriladigan polimerlanish jarayonida haroratni rostlash imkoniyati bor. SHunday bo‘lsa ham, amalda bu usul unchalik ko‘p ishlatilmaydi, chunki birinchidan, bunda erituvchi molekulalari reaksiyada qatnashib, zanjirning tez uzilshiga yoki ak­tiv markazni uzatilishiga olib keladi. Natijada hosil bo‘lgan poli­merning o‘rtacha molekula massasi kamayadi. Ikkinchidan, hosil bo‘l­gan polimer tarkibidan erituvchi moddani yo‘qotish ancha qiyin.



Yüklə 461,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin