60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Fan amaliyot o‘qituvchisi: dots. Tavaldiyeva Gulbaxar Nishanovna
Fanga ajratilgan umumiy soatlar:120
Email:
gulbahor_tavaldiyeva@mail.ru
Fan seminar mashg‘ulotlari o‘qituvchisi(lari): - fan bo‘yicha seminar mashg‘ulotlari yo‘q.
Prerekvizitlar: Tanlov turi: majburiy fan umumta’lim kadrlarni tayyorlash
Fanning qisqacha bayoni: “O‘ZBEK TILIDA AKADEMIK VA TEXNIK MULOQOT” fani
umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur
fan gumanitar fanlar turkumiga kiradi. Fanni puxta o‘zlashtirish nazariy va amaliy matеriallarni bilish
bilan birga, talabalarning pеdagogik va ishlab chiqarish amaliyoti davrida va univеrsitеtni bitirgandan
keyingi faoliyatida ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.
Fanning maqsadi: Modulning amaliy yo‘nalishi va mutaxassislikni hisobga olish zarurati o‘qitishning
quyidagi maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
– ilmiy nutq uslubi asoslarini (kimyo va oziq-ovqat sanoati mutaxassisliklari bo‘yicha matn
materiallari asosida) va mutaxassislik tilida atama yasash usullarini o‘zlashtirish;
– tavsif turidagi monolog nutqni qurish va taqdim etish asoslarini o‘zlashtirish;
– o‘rganilgan mantiqiy va grammatik tuzilmalar asosida leksik va tematik minimum doirasida
kasbiy muloqot, dialog ko‘nikmalarini shakllantirish;
– taqdim etilgan matn materialidan ma’lumotlarni ajratib olish va qayta ishlash, tezislar,
konspektlar, annotatsiyalar tuzish va umumlashtirish bo‘yicha intellektual ish ko‘nikmalari va
malakalarini shakllantirish;
֪– nutqiy faoliyatning barcha turlari bo‘yicha o‘zbek tilida ko‘nikma va qobiliyatni shakllantirish
(tanlangan mavzu va vaziyatlar doirasida).
Amaliy mashg‘ulotlar: Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada
har bir akademik guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi,
“Keys-stadi” texnlogiyasi ishlatiladi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari
yordamida uzatiladi. Barcha darslar sxema bo‘yicha quriladi: personajlarning monologlari va dialoglari,
lug‘at bilan ishlash, grammatik sharhlar, tegishli tematik matnlar, o‘quv mashqlari.
O‘quv materialini mustahkamlash uchun juda ko‘p joy ajratilgan. Bu o‘quvchilarga fan bo‘yicha
ko‘nikmalarni egallashga yordam beradigan testlar, savollar, mashqlar va boshqa topshiriqlardir. Ular
bakalavriat talabalarining havaskorlik faoliyatini, reproduktiv faolligini shakllantirishga yordam beradi.