TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
88
Fanning qisqacha bayoni
:
“Elektrotexnika va elektrotnika asoslari” fani elektr tokini
ishlab chiqarish,
uni uzatish va undan foydalanish jarayonlarini, elektr va elektron qurilmalardagi,
hamda elektr
zanjirlaridagi fizikaviy jarayonlarni va ularning ishlashini o’rganadi. Shuningdek fan elektr energiyasi
ishlab chiqarishning muqobil usullarni, energiya samaradorlik masalarini ham qamrab oladi.
Fanning maqsadi: -
fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga elektrotexnika va elektronika soxasidagi
bilimlarni berish natijasida ular tomonidan zamonaviy ishlab chiqarishning elektroenergetik qurilmalari
bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bunda ishlab
chiqarishning zamonaviy
avtomatlashtirilgan texnologik qurilmalari, ularning energetik ta’minoti va samarali ishlashi,
shuningdek ishlab chiqarishga yangi va muqobil energetik manabalarni qo‘llash masalalari nazarda
tutiladi
.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
• elektrotexnik qurilmalardagi
asosiy fizikaviy jarayonlar, jahon, mintaqa va mamlakatimiz uchun
xarakterli bo‘lgan elektroenergetik muammolar va ularning echimlari, tobora
rivojlanib borayotgan
muqobil energiya manbalarining rivojlanish tendensiyalari haqida tasavvur va bilimlarga ega bo‘lishi;
•elektr energiyasidan maishiy sharoitda va ishlab chiqarishda foydalanishning samaradorligini
oshirish,muqobil energiya manbalaridan foydalanish va undagi muammolarni echish,
elektrotexnik
qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
•elektr zanjirlaridagi asosiy fizikaviy qonuniyatlarni, elektr energiyasi ishlab chiqarishning usullarini,
elektr qurilmalari va yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalarning ishlash prinsiplarini bilishi va ulardan
foydalana olishi natijasidabu tizimlarning ishini taxlil kilish, boshkarish va kayta tashkil etish
malakasiga ega bulishi kerak.
Dostları ilə paylaş: