TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
83
Fanning maqsadi:
“Texnik mexanika” fanini o’qitishdan maqsad-bakalavr yo’nalishi malakaviy
tavsifnoma talablariga binoan talabada, o’zi tanlagan soha texnologik jarayonlarida qo’llaniladigan
mashina uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash va nazorat qilish, loyihalash – konstruktorlik
ko’nikmalarini shakllantirish. Texnologik jarayon tizimi mashina va jihozlarini samarali, hamda
ishonchli ishlashini ta’minlashda, yangi liniyalarni loyihalash va eskilarini rekonstrukstiya qilishda
texnik mexanika qonunlarini tatbiq etgan holda kerakli hisob-kitoblarga asoslangan holda zarur
bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni o’rgatishdir.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:
Mashina va mexanizm detallari uchun material tanlash, hamda ularni hisoblash va loyihalash
ko’nikmalarini shakllantirish. Turli mashinalar tarkibibdagi mexanik uzatmalarni tahlil etish va maxsus
fanlarda soha, uskuna, hamda jihozlarini loyihalashda zarur bo’ladigan umumtexnik fundamental
birikmalarga ega bo’lish•
Ma’ruza mashg’ulotlari
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida
olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik
guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi”
texnlogiyasi ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari
yordamida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: