3. Qarshilik termometrini ulash usullari
Qarshilik termometrlarini o’lchov asboblariga ulashning ikki, uch va turt simli
sxemalari uchraydi (4-rasm). Ulashning ikki simli sxemasida qarshilik termometrlari va
ulaydigan simlar qarshiligini o’lchash sxemasining shoxobchalaridan biriga ketma-ket
ulangan bo’ladi (4-rasm, a).
Termometrni ulashning uch simli sxemasi bo’yicha (4-rasm, b) ulash simlari
termometr uchidan ulash shoxobchasiga, taqqoslash shoxobchasiga, ta‘minlash
manbaiga boradi.
Termometrni ulashning turt simli sxemasi (4-rasm, v) odatda, qarshilikni ulashning
kompensatsion usulida qo’llaniladi. Bu usul ish simlari qarshiligi o’zgarishining asbob
ko’rsatishiga ta‘sirini butunlay yo’qotish imkonini beradi.
Qarshilikni o’lchash uchun termometr buylab tok o’tishi kerak. Bunda Joul-Lents
qonuniga ko’ra issiqlik ajralib, u termometrni o’lchanayotgan muhit tempraturasiga
qaraganda yuqoriroq haroratgacha qizdiradi.
Qarshilik termometrlarining kamchiligi – qushimcha tok manbaining zarurligidir.
Termometrlarning va boshqa qarshilik o’zgartkichlarning qarshiligini o’lchash
uchun:
logometrlar,
ko’prik
sxemalari
(muvozanatlashtirilgan
va
muvozanatlashtirilmagan) va kompensatsion usullardan foydalaniladi.
4. Logometrlar
Magnitoelektrik logometr, ko’pincha, qarshilik termometrlari bilan birgalikda
haroratni o’lchash uchun qo’llaniladi. Logometrning ishlash prinsipi ikki elektr
zanjiridagi toklar nisbatini o’lchashga asoslangan. Zanjirlardan biriga qarshilik
termometri, ikkinchisiga o’zgarmas qarshilik ulangan. 5 – rasmda logometrning sxemasi
keltirilgan. U uzaro va strelka 3 bilan bikr qilib maxkamlangan ikkita 1 va 2
ramachalardan iborat. Bu ramachalar esa doimiy magnit qutb uchliklari 4 va 5 bilan
uzak orasidagi xavo tirqishida joylashtirilgan.
Markazdan qutb uchliklari chetlariga qarab xavo tirqishi kamayadi va mos ravishda
markazdan qutb uchliklari chetlariga qarab tirqishda magnit induksiyasi usadi.
Logometrning ikkala ramachisi bitta o’zgarmas tok manbai E dan ta‘minlanadi, ular
aylanuvchi momentlari bir – biriga qarshi yo’naladigan qilib ulangan. Aylanuvchi
momentlar M
1
va M
2
ning qiymati mos ravishda quyidagiga teng.
1
1
1
1
I
B
C
M
(6)
2
2
2
2
Dostları ilə paylaş: