Toshkent kimyo texnalogiyalar instituti


- rasm. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdiriladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi



Yüklə 490 Kb.
səhifə3/10
tarix18.09.2023
ölçüsü490 Kb.
#145068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1407813531 58533

3- rasm. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdiriladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi

Namligi yuqori bo‘lgan bug‘ turbina parraklarini tez ishdan chiqaradi. Namlikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yordan (10% gacha) ortib ketmasligi uchun bug‘ oraliq bosqichda qizdiriladi. Bug‘ turbinada qisman kengaygandan keyin bug‘ qizdirgichga beriladi, bu yerda u qaytadan o‘ta qizigan bug‘ holatiga o‘tdi. Shundan keyin u bug‘ turbinaning oxirgi bosqichlariga yuboriladi. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdirish termik F.I.K. ni qisman ko‘payishiga va turbina parraklari ishlash muddatining uzayishiga olib keladi.3- rasmda bug‘ni oraliq bosqichda qizdirishning oddiy sxemasi keltirilgan.


Oraliq bug‘ qizdirgich 2 qozon agregatining gaz yo‘llariga, odatda, asosiy bug‘ qizdirgich 1 dan keyin o‘rnatiladi. Bug‘ qizdirgich 2 dagi bug‘ qizigan gazlar ta’sirida deyarli boshlang‘ich temperaturasigacha isiydi va turbinaning oxirgi bosqichlariga o‘tadi. p1 va p2 o‘zgarmasdan bug‘ning boshlang‘ich temperaturasi t1 ko‘tarilishi bilan temperatura tushishi ko‘payadi va natijada t ortadi (1-jadvalga qarang), bug‘ning namligi esa, kamayadi. Bug‘ning turbinadan chiqishdagi bosimi p2 qanchalik past bo‘lsa, bug‘ bajargan ish shunchalik ko‘p va qurilmaning termik F.I.K. katta bo‘ladi. Lekin p2 bosim kondensatordagi sovituvchi suvning temperaturasi bilan aniqlanadi. Suvning yillik o‘rtacha temperaturasini 10-15­­­0 S dan past temperaturagacha sovitadigan tabiiy sovitgichlar yo‘qligi sababli, p2 ni juda kamaytirish yo‘li bilan siklning F.I.K.ni oshirish amalda mumkin emas.

2. Regenerativ siklli bug‘ – kuch qurilmasi


Isiqlik texnikasida regeneratsiya so‘zi chiqib ketayotgan issiqlikning bir qismini issiqlik qurilmasida yana ishlatish uchun qaytarish ma’nosini bildiradi.
Kondensatordan qozonga o‘tadigan kondensatni isitish, ta’minlash suvini regenerativ isitish deyiladi. 4–rasmda ta’minlash suvi regenerativ isitiladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi va uning hS diagrammasi keltirilgan.




Yüklə 490 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin