Qisqa davr oralig’ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xomashyo va boshqa resurslar miqdorini ko’paytirish orqali ortishi mumkin
Qisqa davr oralig’ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xomashyo va boshqa resurslar miqdorini ko’paytirish orqali ortishi mumkin.
Qisqa davr oralig’ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xomashyo va boshqa resurslar miqdorini ko’paytirish orqali ortishi mumkin.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo’lgan resurslar miqdorini ko’paytirish uchun yetarli bo’lgan davrdir.
Ishlab chiqarish quvvatlarining ko’payishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Jumladan, yengil sanoat tarmog’ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo’shimcha tikuv mashinasi o’rnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirishi mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.
Korxonalarda mahsulotlarni sotishdan olingan mablag’lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deyiladi.
Tovar va xizmatlar sotilganda ularning qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shilgan qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo’shilgan qiymatdir. Butun iqtisodiyotda foyda massasi bilan qo’shilgan qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo’lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxona va tarmoqlarda yaratilgan qo’shilgan qiymat olingan foyda miqdoran teng bo’lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbati hamda narxning o’zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki korxonada yaratilgan qo’shilgan qiymat boshqalari foyda shaklida o’tib ketadi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag’larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Bular quyidagicha aniqlanadi: