VIII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, avtomatlashtirilgan boshqaruvda kompyuterli boshqarish tizimlari, ishlashi va ular asosida elementlar qurish, loyihalash sistemalarida ishlatiladigan dasturiy paketlar bilan tanishish kabi tushunchalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi. IX bandagi talabalar bilimini baholash tizimida belgilangan baholash tartibi asosida ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
IX . TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TIZIMI:
Nazorat turi
ON
YaN
O‘tkazilish vaqti
8- hafta
16- hafta
Nazorat shakli
Yozama
Yozam
Oraliq nazoratlar: fanning 16 soat ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tib bo‘lingandan so‘ng ON olinadi. 16 – haftadan so‘ng YaN olinadi. Oraliq nazoratlarida har bir variantda 3 tadan savol mavjud. Har bir savol uchun 6.6(6) balldan to‘plash imkonini beradi. Jami ON bo‘yicha 20 ball to‘plash imkoniyati mavjud (1,2,3 va 4-jadvallar ).
Joriy nazoratbaholashda 15 ta amaliy mashg‘ulot, 15 ta laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarini topshirishdan to‘plangan ballar inobatga olinadi. Jami JN bo‘yicha 40 ball to‘plash imkoniyati mavjud (1,2,3 va 4-jadvallar).