Toshkent kimyo-texnologiya instituti yangiyer filiali



Yüklə 110,62 Kb.
səhifə1/6
tarix28.12.2023
ölçüsü110,62 Kb.
#200923
  1   2   3   4   5   6
ELDOR TJA1





O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
YANGIYER FILIALI
Avtomatika va texnologik jarayonlar” kafedrasi
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
fanidan
KURS ISHI


Мavzu: Margarin ishlab chiqarish jarayoni uchun boshqarish tizimini shakllantirish


Тayyorladi: Otaqulov Eldor
Ilmiy rahbar: Yo’ldoshev Akmal
Yangiyer 2023

MUNDARIJA




  1. Kirish ……………………………………………………… 3.







  1. Margarin ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirish......……….................................................... 7.







  1. Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning funksional chizmasining sxemasi va bayoni…......................................................... 11.








  1. Avtomatik rostlash tizimining optimal ko’rsatkichlari…………. 14.




  1. Obyektni optimal boshqarish tizimini funksional sxemasini tuzish………………………………………………….. 18.


  1. Xulosa…………………………………………………. 19.




  1. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………….. 20.












KIRISH
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, avtomatlashtirish avvallo inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish natijasida samarali bo‘lishiga olib keladi. Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qa’bul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi. Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv Obyektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Bu jarayon texnologik parametrlarini jadallashtirish va bir- biriga bog‘liq qator tadbirlar kompleksidan iborat. Bu tadbirlar, asosan, ishlab chiqarishga yangi modernizatsiyalangan dastgoh- lar, zamonaviy boshqarish vositalari va jarayonning avtomatik nazoratini tatbiq etishdan iborat. Zamonaviy texnologiyaning rivojlanishi materiallarni tex- nikada ishlatish, undan samarali foydalanish va ularning xossalariga bo‘lgan talablarni kuchaytirdi.


Zamonaviy texnolo- giyalar qatorida turgan kosmonavtika, yadro texnologiyasi va aviatsiya sohasidagi muammolar va ularning yechimlari konstruksiyaga qo‘llanilgan material ishonchliligiga bog‘liq bo‘lib qolayotganligi hech kimga sir emas. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy kompozitsion materiallar yaratish usullari kom- ponentlarning xossalaridan kelib chiqib mustahkam, chidamli kompozitsion materiallar ishlab chiqarish bugungi kundagi ishlab chiqaruvchilar va injenerlar oldiga qo‘yilayotgan aso- siy vazifalardandir. Muammoning yechimi esa uzoq muddat o‘zining ishchi holatini saqlab tura oladigan, tashqi defor- matsiya, ichki energiya yig‘ilishlariga bardosh bera oladigan kompozitsion materiallar tayorlashdan iborat. Metall va uning qotishmalarining maxsus xossalarini bera oladigan metal- mas kukun va kalta tolali materiallardan tashkil topgan kompozitsion materiallar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsu- lotlar tannarxining kamayishi va mustahkamligini sezilarli ravishda oshganligi sohani to‘laqonli o‘rganishga va tadqiqotlar olib borilishiga sabab bo‘lmoqda

Yüklə 110,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin