Kapital qurilishning ahamiyati
Ushbu turdagi qurilish yangi sanoat korxonalarini, har xil turdagi kompaniyalarni,
savdo va ta'lim muassasalarini, ma'muriy va turar-joy binolarini yaratishga,
shuningdek mavjud bo'lgan ob'ektlarni yaxshilashga olib keladi. Kapital qurilish
boshqarmasi loyihalarning yaratilishini va ularning amalga oshirilishini
ta'minlaydi. Ushbu turdagi tuzilmalar keyinchalik xalq xo'jaligining turli sohalarini
rivojlantirish va mustahkamlashga yordam beradi.
Qurilish qonunchiligi kontseptsiyasi
Kapital qurilish qonunchiligi - bu qurilish paytida yuzaga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlar va me'yorlar to'plami. Uning yordami
bilan loyihalarni moliyalashtirish tartibi belgilanadi. Kapital qurilish boshqarmasi
qurilish-montaj ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish tartibini belgilash bilan
shug'ullanadi. Ushbu qonunchilik, shuningdek, milliy iqtisodiyot sohasidagi
tadbirkorlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kapital qurilish qonunchiligi turli xil huquqiy normalarni o'z ichiga oladi:
fuqarolik, moliyaviy va ma'muriy. Uning muhim xususiyatlaridan biri bu me'yoriy-
texnik hujjatlar tizimi. Ularning yordami bilan qurilish, kapital va montaj ishlarini
o'z ichiga olgan jarayonlarni tartibga solish amalga oshiriladi. Ular standartlarga va
texnik shartlarga rioya qilishlari kerak. Ular nafaqat qurilish jarayoniga, balki
ishlatiladigan materiallar, tuzilmalar va mahsulotlarga ham tegishli.
Materialni ko'rib chiqqandan so'ng siz kapital qurilish nima ekanligini va uning
o'ziga xos xususiyatlariga ega ekanligini tushunishingiz mumkin.
KAPITAL QURILISH SOHASIDA BUYURTMACHI XIZMATI
FAOLIYATINI TUBDAN ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi
tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda ilg‘or
xalqaro tajribaga asoslangan buyurtmachi xizmatini tashkil qilish shaharsozlik
faoliyatini samarali amalga oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatining samaradorligi tizimli
ravishda tahlil qilib borilmayapti.
O‘z navbatida, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida narxlarni shakllantirish,
qurilish ishlarini tashkil qilish, texnik va mualliflik nazoratini olib borish, qurilish
ishlari sifatini ta’minlash va obyektlarni foydalanishga topshirishda quyidagi
masalalar dolzarbligicha qolmoqda:
birinchidan, vazirliklar va idoralarda davlat ahamiyatiga molik qurilish
loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish,
muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni ta’minlovchi tizim mavjud
emas;
ikkinchidan, buyurtmachi xizmatining funksiyalari, vazifalari, javobgarligi,
huquqlari, loyihachi tashkilot va pudratchi tashkilotlar bilan o‘zaro shartnomaviy
munosabatlarini o‘zida aks ettirgan yagona tartib mavjud emas;
uchinchidan, buyurtmachi xizmati uchun haq to‘lash mexanizmi
takomillashmagan, ish yuklamalari, moddiy javobgarlik va mehnatga haq to‘lash
mutanosib emas;
to‘rtinchidan, sohada korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf
etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligining pastligi malakali mutaxassis va
rahbar kadrlarni tayyorlash imkonini bermayapti;
beshinchidan, moddiy-texnik bazani rivojlantirishga qaratilgan ishlar tizimi
shakllanmaganligi va zamonaviy axborot texnologiyalari talab darajasida joriy
etilmaganligi soha faoliyatini chuqur tahlil etish, mavjud muammolarni aniqlash
hamda bartaraf etish borasida ta’sirchan choralarni ishlab chiqishda o‘z salbiy
ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Buyurtmachilarning texnik nazorat bo‘yicha mas’uliyati va javobgarligini
oshirish, ishtirokchilar faoliyatini takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy
boshqaruv tizimini joriy etish orqali buyurtmachi xizmatini isloh qilish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi nizom
1-
ilovaga
muvofiq;
Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi
2-
ilovaga
muvofiq;
Qurilish obyektlarida mualliflik va texnik nazorat olib borish tartibi
to‘g‘risida nizom
3-ilovaga
muvofiq;
Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
4-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
buyurtmachi xizmatlarning:
amaldagi tuzilmalarini hamda qurilish sohasiga oid idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
majburiyatlarning to‘liq bajarish imkonini berishni nazarda tutgan holda,
ular moddiy-texnik bazasini (ma’muriy bino, transport vositasi, orgtexnika)
mustahkamlasin;
joylashgan mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda yangi
bino qurish ishlari yuzasidan asoslantirilgan takliflarni bir oy muddatda Iqtisodiy
taraqqiyot va kambaqallikni qisqartirish vazirligiga kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi:
buyurtmachi xizmatlar joylashgan mavjud binolarni rekonstruksiya qilish,
ta’mirlash hamda yangi bino qurish yuzasidan tegishli hujjat loyihasini ikki oy
muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Moliya vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan
manbalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini moliyalashtirish tartibi
va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir namunaviy pudrat
shartnomasini bir oy muddatda tasdiqlasin va ijroga qaratsin.
4. Qurilishi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan
obyektlar bo‘yicha buyurtmachi xizmatlar rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun
belgilanadigan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tarif
koeffitsiyentlariga 3 baravar miqdorda oshirilgan koeffitsiyent qo‘llanilsin.
5. 2021-yil 1-iyundan boshlab obyektlardagi qurilish-montaj ishlari bo‘yicha
shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun buyurtmachi foydasiga sud va
sudgacha hal qilish tartibida undirilgan jarima (sanksiya) va penyalar, shuningdek,
xaridlar jarayoni talablari buzilganda, tender va tanlov takliflarini garov, kafolat,
zakalat tarzida ta’minlash uchun kiritilgan davlat xaridlari ishtirokchilari
mablag‘larining 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga hamda
qolgan 50 foizi — buyurtmachi xizmati bank hisobraqamiga yo‘naltiriladi.
6. Belgilansinki, ushbu qarorning beshinchi bandiga muvofiq buyurtmachi
xizmati bank hisobraqamiga hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa
daromadlardan
tushadigan
mablag‘lar
quyidagilarni
moliyalashtirishga
yo‘naltiriladi:
buyurtmachi xizmati rahbarlari, xodimlari va mutaxassislarining lovozim
maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni
hisobga olgan holda ustamalar to‘lashga: 2 yildan 5 yilgacha — 0,2; 5 yildan 10
yilgacha — 0,4; 10 yildan 15 yilgacha 0,6 va 15 yildan ortiq — 0,8;
buyurtmachi xizmati xodimlariga qonunchilikda belgilangan rag‘batlantirish
va mukofot pullarini to‘lashga hamda buyurtmachi xizmatining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash va joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni
qoplashga.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi kelgusi yillardagi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda
buyurtmachi xizmatlar joylashgan mavjud binolarni rekonstruksiya qilish,
ta’mirlash hamda yangi bino qurish ishlari uchun markazlashgan manbalar
hisobidan mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar
va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyundan boshlab buyurtmachi
xizmatining shtatlar jadvali va ta’minot xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazishda
texnik nazorat mutaxassislari uchun xizmat safari xarajatlarining obyektlar
joylashgan masofadan kelib chiqib, joriy narxlarda belgilanishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan qurilish
obyektlarida texnik nazorat sohasidagi mas’ul mutaxassislarga ularning ish tajribasi,
biriktirilgan obyektlarning o‘z muddatida sifatli topshirilganligi, qurilish jarayonida
bartaraf etilgan kamchiliklar, sohaviy malakasi kabi mezonlar asosida malaka toifasi
belgilanadi.
Buyurtmachi xizmatlar Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan malaka
toifasi asosida texnik nazorat sohasidagi mas’ul mutaxassislarga ular mehnatiga haq
to‘lashning amaldagi tarif koeffitsiyentlariga 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
birinchi toifa uchun — 0,2 miqdorda;
ikkinchi toifa uchun — 0,5 miqdorda;
uchinchi toifa uchun — 0,7 miqdorda;
oliy toifa uchun — 1,0 miqdorda koeffitsiyent qo‘shiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Qurilish vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda qurilishda texnik nazorat
bo‘yicha mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish
tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Davlat test markazi bilan
birgalikda tasdiqlangan reja-jadval asosida 2021-yil sentyabr oyida buyurtmachi
xizmatlarning texnik nazorat bo‘yicha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda attestatsiya natijalarini inobatga olgan holda, texnik nazorat
bo‘yicha xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin hamda buyurtmachi
xizmatlarni soha bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma hamda ish tajribasiga ega bo‘lgan
mutaxassislar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
13. Buyurtmachi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish uchun
Qurilish vazirligiga quyidagi vazifalar yuklansin:
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini,
belgilangan tartibda nazorat qilish;
normativ-huquqiy hujjatlarga asosan buyurtmachi xizmatiga yuklatilgan
vazifalarni o‘z muddatida va to‘g‘ri ijro etilishini talab qilish, ular bo‘yicha
axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil etish hamda natijalari to‘g‘risida har
chorak yakunidan so‘ng Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish;
buyurtmachi xizmati rahbar kadrlari hamda mutaxassislarini shaharsozlik
sohasidagi bilimlarini tizimli ravishda attestatsiyadan o‘tkazib borish, malakasini
oshirish hamda ularga belgilangan tartibda malaka toifasini berish.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
5-ilovaga
muvofiq ayrim
qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va
idoralar bilan birgalikda buyurtmachi xizmati faoliyatini amalga oshirish va
qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish uchun akkreditatsiyadan o‘tish tartibini bir
oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi
qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |