loyiha boshqarilishini va obyektlarda qurilish ishlari yuzasidan tizimli texnik
nazoratni amalga oshirilishini ta’minlaydi, qurilish jarayonida kamchiliklar va
nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘radi;
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilishi tugallangan obyektlarni
foydalanishga qabul qilib oladi;
obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha tegishli komissiyaga
zarur hujjatlarni taqdim etadi;
foydalanishga qabul qilingan obyektlar bo‘yicha barcha tegishli hujjatlarni
foydalanuvchiga taqdim etadi;
qurilish normalari va qoidalari talablari buzilgan holda qurilgan obyektlar
foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi;
e) shaharsozlik faoliyati subyektlarining obyektlar qurilishi jarayonida
o‘zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash sohasida:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — axborot
tizimi) zarur axborotlarni kiritib boradi;
obyektlarning manzilli dasturi, yillik manzilli ro‘yxat va har bir obyekt
bo‘yicha ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar tayyorlanishi, loyihaoldi va loyiha
ishlarining amalga oshirilishi, ekspertiza organlari tomonidan xulosalar berilishi,
xaridlar jarayoni, qurilish ishlarining olib borilishi hamda moliyalashtirish
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
loyihachi, ekspertiza, pudratchi va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan
shartnomalar ijrosi, bajarilgan ishlar, moliyalashtirish bo‘yicha ishonchli
ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
qurilish jarayonlarini nazorat qilish, qurilish ustidan mualliflik, texnik
nazorat bo‘yicha mutaxassislar va qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari
tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan
kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etishga doir ma’lumotlarni axborot
tizimiga kiritadi;
qurilish obyektining har bir bosqichi yakuni bo‘yicha ma’lumotlar va
asoslovchi hujjatlarning obyektlar foydalanishga topshirilgunga qadar axborot
tizimiga muntazam kiritib borilishi va yuritilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: