Toshkent moliya institute bxa 81-2 guruh talabasi


-bob. Buyurtmachi xizmatining huquqlari



Yüklə 302,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix27.03.2023
ölçüsü302,14 Kb.
#90337
1   2   3   4   5   6   7   8
gulnoza investitsiya va innovatiyalar

4-bob. Buyurtmachi xizmatining huquqlari 
8. Buyurtmachi xizmati quyidagi huquqlarga ega: 
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
munosabatlarda vakolat doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha yuqori turuvchi 
idoralar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar)ning manfaatlarini ifoda etadi; 


yuqori turuvchi idoraning topshirig‘iga ko‘ra qurilish obyektlari bo‘yicha 
buyurtmachi xizmati funksiyasini amalga oshirish; 
belgilangan tartibda o‘z mol-mulkidan foydalanish; 
pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorida marketing tadqiqotlarini 
o‘tkazish, resurslarning davriy o‘rtacha narxlarini tasdiqlash; 
obyektlarni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha ishlarni bajarishga (xizmatlar 
ko‘rsatishga) shartnomalar tuzish; 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni 
amalga oshirish; 
o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida ishlarni bajarish uchun belgilangan 
tartibda xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish; 
shaharsozlik faoliyati sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritish; 
obyekt foydalanishga topshirilib, kafolat muddati tugagunga qadar nazorat 
o‘lchovini o‘tkazishni tashkil etish. 
Buyurtmachi xizmati o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
5-bob. Buyurtmachi xizmatining majburiyatlari 
9. Buyurtmachi xizmatining majburiyatlari: 
shaharsozlik hujjatlariga rioya etmaganligi va o‘z majburiyatlarini 
bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga va tuzilgan 
shartnomalarga muvofiq javob berish; 
shaharsozlik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini 
ta’minlash; 
loyihalashtirish jarayonini tekshirib borish, mualliflik nazorati olib 
borilishini ta’minlash va qurilishni texnik nazorat qilish, qurilish jarayonida va 
kafolat muddatida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish choralarini 
ko‘rish; 
belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni amalga 
oshirish; 
maqsadli dasturlar doirasida belgilangan tartibdagi mablag‘lar Qurilish 
sohasida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
markazi 
hisobraqamiga o‘tkazilishini ta’minlash; 
axborot tizimida faoliyati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarning 
joylashtirilishini ta’minlash. 


Buyurtmachi xizmatiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 
10. Buyurtmachi xizmati o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha 
mol-mulk bilan javob beradi. Bu mol-mulklar yetarli bo‘lmasa, tegishli muassis 
uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo‘ladi. 
11. Buyurtmachi xizmati unga yuklangan vazifa va funksiyalar samarali 
bajarilishi uchun javobgardir. 

Yüklə 302,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin