8-bob. Buyurtmachi xizmati faoliyatini tashkil etish
22. Buyurtmachi xizmatini boshqarish uning qarori
bilan tashkil etilgan
tegishli organning buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod
etiladigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
23. Buyurtmachi xizmati rahbarlarini (direktor, direktor o‘rinbosari va bosh
muhandis) lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Vazirlar Mahkamasining
Hududlarni
kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar,
qurilish va uy-joy
kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda, Qurilish vazirining
taqdimnomasi asosida yuqori turuvchi vazirliklar,
idoralar hamda mahalliy
hokimliklarning tegishli buyrug‘i asosida belgilangan tartibda;
buyurtmachi xizmatining texnik nazorat bo‘yicha mutaxassisni lavozimga
tayinlash va lavozimdan ozod etish Qurilish vazirligi
bilan kelishgan holda
vazirliklar, idoralar hamda mahalliy hokimliklar huzuridagi buyurtmachi
xizmatining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
24. Shaharsozlik sohasidagi qonun talablarini tizimli ravishda buzayotgan,
bu borada rasmiy talablarni bajarmayotgan texnik nazorat bo‘yicha mutaxassislar
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining yozma ko‘rsatmasiga
muvofiq
buyurtmachi xizmati rahbari tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
25. Vazifalarni taqsimlash va xodimlar o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini
bosish tartibi buyurtmachi xizmati direktori tomonidan amalga oshiriladi.
26. Buyurtmachi xizmati direktori:
buyurtmachi xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi va buyurtmachi xizmatiga
yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda foydalanishga
tayyor holda topshirish bo‘yicha shartnomalar tuzadi;
tashkilot nomidan ish olib boradi, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek,
xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro
munosabatlarda buyurtmachi
xizmatini ifoda etadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq, boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
27. Pul va mulkiy tusdagi barcha hujjatlar buyurtmachi xizmati direktori
yoki uning o‘rinbosarlaridan biri, bosh buxgalter yoki direktor va bosh buxgalter
tomonidan imzolangan ishonchnoma bilan vakolat
berilgan shaxs tomonidan
imzolanadi, muhr bilan tasdiqlanadi.
9-bob. Buyurtmachi xizmati faoliyatini nazorat qilish
28. Buyurtmachi xizmatining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish,
tekshirish yoki taftish qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda tegishli
nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Buyurtmachi xizmati qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va
tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
30. Buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda davlat ro‘yxati reyestridan
chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan deb hisoblanadi.