Toshkent Moliya Instituti
Andijon fakulteti
"Ijtimoiy gumanitar fanlari" kafedrasi
Moliyaviy xisob fanifanidan
"Xujjatlashtirish ularning turkumlanishi va rekvizitlari”
SABIA 70 22 gurux talabasi
Otajonova Xojarxon ning
REFERATI
Buxgalteriya hisobida avtomatlashirilgan
axborot tizimlari va texnologiyalari
Reja:
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarning umumiy ta’rifi.
2. Avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish faoliyatini avtomatlashtirish vositasi.
3. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan texnologiyalari.
1.Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi.
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o'tish amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Hisobchidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari investitsiyalarini hisoblash va boshqalarni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi davrda hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchi-tahlilchi" deb atash ham mumkin.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bunda barcha axborotlarnining 60% jamlanadi.
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob va hisobotlarni tuzish.
Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o'rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo'ldi. Quyidagi 4 chismada buxgalteriya hisobining AATsharoitida faol ko'rsatish tamoyillari keltirilgan.
4-chizma. Buxgalteriya hisobining AAT sharoitida yo'lga qo'yish tamoyillari.
Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Buxgalteriya hisobi bo'yicha dasturiy vositalarning yangi turlari hisobning turli uchastkalari majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to'lovlar bo'yicha to'lov hujjatlari (daromad solig'ini to'lash, nafaqa jamg'armalariga ajratmalar, tibbiyot sug'urtasi, bandlik jamg'armasiga hisoblash bo'yicha to'lov topshiriqnomalari) bo'yicha to'lov hujjatlarini ko'chirib berish ko'zda tutilgan, bunday mashina dasturini bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqini hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo'yicha vazifalar majmuasida ham xuddi shunga o'xshash misollarni keltirish mumkin.
Vazifalararo majmuani tashkil qilish "materiallar" dasturi misolida ham ko'rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonadagi mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarida yaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olishni uchta bo'lim mutahassislari amalga oshirmoqdalar: omborlar, hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bo'limi. Dasturiy majmua o'z ichiga omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot bo'limi modulini birlashtiradi.
Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini: hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo'yicha hujjatlarni buxgalteriya hisobi to'ldirilishini, materiallarni harakati bo'yicha operatsiyalar nazoratini, materiallar harakati miqdori va summasini aks ettirilishi hisobi, moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydi. Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklarning harakati bo'yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarini axborotli o'zaro hamkorliklarini, tashqi aloqalar boshqaruvning o'ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining halqaro tizimlarga o'tishi amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobning axborot tizimi va uni shaxsiy kompyuterda ishlab chiqarishni tashkil qilishning an’anaviy shakllarida katta o'zgarishlar bo’lib o’tgan. Ushbu sharoitlarda korxona moliyaviy tahlil usullarni egallash bozor sharoitda investitsiyalar harakatini bilish va boshqalari talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini moliyaviy menejer yeki hisobchi tahlilchi desa bo'ladi. Boshqaruv vazifalarga an’anaviy ravishda ishlab chiqarishni rivojlantirish moddiy texnik ta’minot marketingi, buxgalteriya hisoblarini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, hamda kadrlar masalasii hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqarish nazariyasiga binoan ularni vazifaviy tizimlar desa bo'ladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta ahamiyatga ega chunki barcha axborot hajmining 60% ortig'i salmog'ini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobi axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirgan hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini bajaradi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish boshlang'ich birlamchi va yig'ma yakuniy hujjatlar, hisoblash algoritmlarning o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq vazifaning uslubiy materiallari va me’ery hujjatlari bilan ta’riflanadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: "asosiy vositalar hisobi", "moddiy boyliklar hisobi", "mehnat va ish haqi hisobi", "tayyor maxsulotlar hisobi", "moliyaviy hisoblash operatsiyalarni hisobi", "ishlab chiqarish harajatlar hisobi", "yig'ma hisob" va hisoblarni tuzish.
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda hisoblash tarmoqlarni yaratilishi axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablar paydo bo'lgan.
Buxgalteriya hisobi bo'yicha har xil dasturiy vositalarning yangi versiyalari hisobning turli uchastkada majmualari axborotlarini birlashtiriladi. Vazifalar majmualarini tashkil qilish materiallari dasturi misolida ko'rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonaning mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarda faoliyat yurituvchi yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qilinadi, moddiy boyliklarni mavjudligi va harakatini hisobga olish jarayenida 3 ga bo'linadi:omborlar, hisob xona, moddiy texnik ta’minot bo'limi mutaxassislari faoliyat ko'rsatadi.
Buxgalteriya hisob majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga bo'linadi.
Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari majmualari va uchastkalarning axborotli o'zaro hamkorliklarni aks ettiradi.
Tashqi aloqalar boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'limlari hamda tashkilot bilan o'zaro hamkorlikni aks ettiradi
Hisob vazifalari majmualarining o'zaro bog'lanishi buxgalteriya hisobi uslubiyatining buxgalteriya schetlarni olib borish va provodkalarni bajarish tizimiga kiritilgan.
Provodka - bosh kitob-balans mashina dasturni asosiy modeli hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi kabi uchastkalari uchun boshlang'ich dastlabki ma’lumotlar xo'jalik operatsiyalarni boshlang'ich hujjatlarda sodir bo'ladi.
Ishlab chiqarish harajatlarining buxgalteriya hisobi alohida tashkil etiladi. Chunki bunda ish haqi asosiy vositalar materiallari va tayer maxsulot hisobi bo'yicha olingan yakuniy ma’lumotlar asosi bo'ladi. Barcha xo'jalik operatsiyalari boshlang'ich buxgalteriya hujjati ushbu operatsiya sodir bo'lganligi haqidagi to'liq va ishonchli hujjatda qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega ya’ni Moliya Vazirligi tomonidan chiqarilgan Yo'riqnoma va uslubiy materiallarga asoslanib to'ldiriladi.
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviylarga bo'linadi. Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari davlat standarti tomonidan hujjatlarning shakliga keltirilgan tizimlar taraflarini hisobga olish bilan ishlab chiqadi va kompyuter ishlab chiqarish tomonidan ko'shiladigan talablarni aks ettiradi.
Iqtisodiy vazifalar ishlab chiqarish yangi axborot texnologiyalarni avtomatlashtirilgan ish joiy va hisoblash tarmog'i va yakka tarkibdagi loyihalar har xil konfiguratsiyasida, ya’ni markazlashgan, taqsimlangan mahalliy ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga mo'ljallangan. Bunda korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo'lgan bazadagi massivlarni ishlovchilar haqida materiallar, ma’lumotnomaviy bo'linmalar, lavozimlar, hamda faqat buxgalteriya vazifalarni yechishda foydalanilgan mahalliy bazalarga ajratish mumkin. Buxgalteriya hisob schetlarida namunaviy provodkalar, xo'jalik operatsiyalar qayd daftari, shaxsiy hisob raqami, asosiy vositalari yo'qlama varaqchalari yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to'liq asosda bir qator ma’lumotli dasturlarni kiritish mumkin, shu jumladan: "Maslahatchi-hisobchi", "Soliq huquqi". "O'zbekiston Respublikasi soliqlar maslahatchi - plyus".
Dostları ilə paylaş: |