planning Планирование аудита Auditni rejalashtirish – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida bajariladigan vazifalar, tekshiruvni amalga oshiruvchi auditor- mutaxassislar, tekshiruvni amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqt me’yorlari, auditorlik tekshiruvida qo’llaniladigan metodlar va amallarni oldindan belgilab olish jarayonidir. Auditning umumiy rejasi General plan of audit Общие план аудита Auditning umumiy rejasi bu - mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlari aks ettirilgan audit ish hujjati tushuniladi. Audit dasturi Program of audit Программа аудита Auditning umumiy rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishning aniq va batafsil bosqichlari, bu bosqichlarni amalga oshirishning aniq vaqti, bosqichlarni amalga oshiruvchilar ro’yxati, audit bosqichlarida qo’llaniladigan usullar va amallar aks ettirilgan auditorlik ish
hujjatidir. Auditni rejalashtirish tamoyillari Principles of planning audit Принципы планирования аудита Auditni rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular:
uyg’unlik (komplekslik);
uzluksizlik;
maqbullik. Audit metodlari Audit methods Методы аудита Auditorlik tekshiruvi bosqichlarini amalga oshirishda qo’llaniladigan qoidalar, tahliliy amallar va asosiy vazifalar majmuidir. Auditorlik riski Audit risk Аудиторский риск Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla- nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq- langanidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir. Auditning muhimlik darajasi Materiality of audit Существенность аудита Jiddiylik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi. Ichki xo’jalik riski Internal risk Внутреннохозяйственное риск Ichki xo’jalik riski – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlangunga
qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Aniqlanmaslik riski Detektion risk Риск необнаружения Aniqlanmaslik riski - bu xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski tushunilib, bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Nazorat riski Control risk Конрольный риск Nazorat riski – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida- alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichdir. Auditorlik tekshiruvi Auditing Аудиторская проверка Audit qilinishi lozim bo’lgan iqtisodiy sub’ektning moliyaviy holatiga dahldor bo’lgan auditorning dalillarini yig’ish, baholash va tahlil qilishdan iborat bo’lgan hamda auditorning mazkur iqtisodiy sub’ekt buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish to’g’riligi haqidagi fikrning bayon qilinishi natijasi bo’lgan tadbir.
Auditni rejalashtirish bosqichlari Stages of audit planning Этапы планирования аудита Auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: a) auditni dastlabki rejalashtirish; b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; v) audit dasturini tayyorlash va tuzish. Tahliliy amallar Analytical procedures Аналитические процедуры Auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
“AUDITORLIK TEKSHIRISH VAQTIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA ICHKI NAZORAT
TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH” MAVZUSI BO’YICHA GLOSSARIY
ATAMANING
O’ZBEK
TILIDA
NOMLANISHI
ATAMANING
INGLIZ
TILIDA
NOMLANISHI
ATAMANING
RUS TILIDA
NOMLANISHI
ATAMANING MA’NOSI
Ichki nazorat tizimi Internal control system Система внутреннего контроля Buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir Buxgalteriya hisobi tizimi Accounting System Система бухгалтерского учета Tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir Nazorat amallari Control procedures Контрольный процедуры Tekshirilayotgan korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar Nazorat muhiti Control Environment Контрольный среда Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab- quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi Ichki nazorat tizimini baholash Evaluation of the internal control system Оценка системы внутреннего контроля Tekshirilayotgan korxona ichki nazorat tizimi bilan tanishi,uning ishonchliligini aniqlash va tasdiqlash amallarining yig’indisidir Shartli majburiyatlar Contingent liabilities Условные обязательства Tekshirilayotgan xo’jalik sub’ektining kelajakdagi xo’jalik faoliyatining natijasi bo’lgan va uning auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan hozirgi buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir etuvchi noaniq summadagi kelgusi davr majburiyatlarning kutilishi Bog’liq tomonlar bilan operatsiyalar Transactions with related parties Операции со связанными сторонами Biror bir baho belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat’iy nazar bir