mavjudligidan dalolat beradi va korxonaning moliyaviy axborotlarini ro’yxatga olish, qayta ishlash va moliyaviy hisobotda umumlashtirish layoqatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday kamchiliklar quyidagilarda namoyon bo’ladi:
xizmat vazifalarining taqsimlanmaganligi;
xo’jalik muomalalarining tekshirilmasligi va zarur nazoratning o’rnatilmaganligi;
nazorat amallarining samarasizligi;
nazoratdan qochish maqsadida mansabdor shaxslar tomonidan nazorat amallarining ataylab buzilishi;
korxona rahbariyati yoki xodimlarining ataylab qilgan xatolari, masalan, buxgalteriya yozuvlarini qalbakilashtirish yoki almashtirish. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 7-moddasi-ga muvofiq buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot, shuningdek ichki nazorat tizimini tashkil etish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari javobgardir. Auditor mijoz uchun samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishga javobgar emas. Ichki nazorat tizimi tuzulmasi uchta tarkibiy qismga bo’lingan:
nazorat muhiti
- korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;
korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi
- tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir;
nazorat amallari
- korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar. Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi. Nazorat muhiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.