yangilanishi kerak. Chiqish signalini tartibga solish (boshqarish) hamma ma’lumotlarga to’liq ishlov berilgani va ularning chiqarilishi faqat mualliflik – oluvchilarga tarqatilishiga etarlicha ishonch hosil qilishni ta’minlash uchun mo’ljallangan. Boshqaruvning tipik vositasi nazorat summalarini kelishish, chiqish va protseduralarni taqsimlash jadvali (grafigi) hamda chiquvchi sharhlarni o’z ichiga oladi. Kritik jihatdan muhim ma’lumotlar uchun foydalanuvchi batafsil tahlilni bajarishi va chiqariladigan ma’lumotlarni eng muhim jarayonlar to’liqligini aniqlash uchun kiritish bilan kelishishi mumkin. Tashkilot, shuningdek, xususiy hayot daxlsizligini va yozuvlar saqlanishini himoya qilish uchun siyosat ishlab chiqishi zarur. Boshqaruvning boshqa muhim operatsiyalari. Boshqaruvning boshqa muhim operatsiyalari majburiyatlarni bo’laklash (ajratish) va aktivlar ustidan jismoniy nazoratni o’z ichiga oladi. Majburiyatlarni bo’laklash (ajratish) boshqaruv faoliyatidagi muhim yo’nalish bo’lib, inson yolg’on ishlatishi va uni yashirishi mumkin bo’lgani kabi riskilardan himoyalanishga mo’ljallangan.
Majburiyatlarning to’g’ri ajratilishi xech bo’lmaganda ikki xodim shunday ishtirok etishi kerakki, ularda operatsiyalarga ishlov berish va majburiyatlardan mahrum bo’lish imkoni bo’lmsligini talab qiladi. Bu funktsiyalarning bo’linishi kimdir soxta yoki noqonuniy operatsiyalarni xal qilib, keyin ularni buxgalteriya hisob vositasida yashirishiga to’sqinlik qiladi. Bo’laklarga ajratiladigan hisob va aktivlarni jismoniy saqlash kimingdir majburiyatidan mahrum etilgan holda aktivlarni qabul qilish va ularni hisob yozuvlarida soxta yozuvlar yo’li bilan qoplashining oldini olishga mo’ljallangan. Shu tarzda xususiy