Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir. Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi. Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz. Dalil
deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi. Axborot
– xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir. Mijoz korxona
– auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi subekt. Uchinchi shaxslar
– auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo’lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Tahlil qilish
– bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi. Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida auditorning mustaqil bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to’g’risidagi asosli fikr bildirishga imkon beradigan dalillarni to’plashi zarur. Ishonchlilik
– moliyaviy hisobot ma’lumotlarining