Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki 
tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga 
qaraganda ishonchliroq ekanligi; hujjatlar va yozma ko’rsatmalar shaklidagi auditorlik 
dalillarining og’zaki ko’rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli 
manbalardan olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash 
imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar 
miqdori qat’iy chegaralab qo’yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional fikriga 
tayangan holda xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy hisoboti-ning ishonchliligi to’g’risida 
xulosa tuzish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlarning miqdori haqida mustaqil qaror qabul 
qilishi lozim. Auditorlik dalillarining o’z vaqtida to’planishiga alohida e’tibor berish zarur. 
Aks holda ular oshiqcha va keraksiz bo’lib qoladi. O’z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining 
tekshirilayotgan davrga bevosita taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot 
tuzilganidan so’ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo’lgan ma’lum bir 
jiddiy hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To’plangan dalillar tekshirilayotgan 
hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular shunchalik ishonarli bo’ladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi dalillar mijoz korxona ma’muriyatiga 
auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim etilgan bo’lsa, u holda 
buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish imkoni bo’ladi. Agar hisobot soliq 
organiga topshirilganidan so’ng audit o’tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo’q, lekin joriy 
davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin