olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur. Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim. 8.4. Auditorlik dalillarni olish usullari.
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №50- «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitob-larini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir. Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi tavsiya qilingan. Tanlash ko’lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi.
Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni shakllantirish ustidan o’rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o’zaro qarama-qarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi. Qo’lda to’lg’azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’lumotnomalar va hisob-kitoblar,