Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

4. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit 
dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot ma’lumotlarining 
zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar ro’yxati asos sifatida 
shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga nisbatan aniqlashtiradi. 
Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan 
tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Tekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – 
mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish 
zarur.
5. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. 
Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan tanlov hajmidan kelib 
chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida 
aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. 
Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus 
ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
6. To’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va 
ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan 
faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning 
qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga taalluqliligi; tanlash hajmi 
va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar 
bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi 
audit jarayonida ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin