etarli dalillar to’plash imkoniga ega bo’lmasa, buni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim.
Agar mijoz korxona auditorga to’laqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni
takdim kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa,
uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli
AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt
tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki)
muomala bo’yicha etarli auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik
tashkiloti bu vaziyatni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi
tuzish to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, etishmayotgan auditorlik
dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, auditor
auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni tegishli tarzda
rasmiylashtirishi lozim.
Shunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini
shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan foydalanib,
auditorlik riskini pasaytirishni ko’zlaydi.
8.3. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash
Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida daliliy ma’lumotlarni to’playdilar.
Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan
amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. Dalillarni to’plash uchun
qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon bajarishni auditor auditorlik
Dostları ilə paylaş: