Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U ma’lumotlarni to’plash, moliyaviy hisobotning ishonchliligi (yoki ishonchsizligi)ni, moliya- xo’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi. Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi,
manbasi
va olinish usullariga
ko’ra turkumlanadi. Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin. Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat. Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar. Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar deb