hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi. Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol bo’lishi mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining bir-birlariga mos kelmaslik holatlari. Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar» schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi. Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910- «Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa, hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin. 8.2. Auditorlik dalillarni olish manbalari
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi