hisob yuritish to’g’risida, korxonaning o’ziga tegishli va komissiyaga qabul qilingan tovarlari hamda materallarining saqlanish tartibi to’g’risida ma’-lumot olishi mumkin. Invetarizatsiya o’tkazish jarayonida hisobda aks ettirilmagan faktlar aniqlanishi ham mumkin. Bu holat moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha xizmat ko’rsa-tish, binolarni shartnoma tuzmasdan ijaraga berish va shunga o’xshashlar bilan bog’liq. Auditor inventarizatsiya o’tkazilishini kuzatishda №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish tartibi» nomli AFMS va 1054- nomli qaror hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshiradi. Inventarizatsiya o’tkazish tartibiga ma’lum talablar qo’yiladi. Masalan, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o’tkazish chog’ida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi uning natijalarini haqiqiy emas deb hisob-lashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan moddiy boyliklar kamomadi va buzilishining tabiiy kamayish me’yoridan oshgan qismini hisobdan o’chirish uchun taqdim qilingan hujjatlarga, aybdor shaxslarning yo’qligini tasdiqlaydigan tergov yoki sud organlarining qarori, yoki etkazilgan zararni aybdor shaxsdan undirishning rad etilishi, yoki moddiy boyliklarning buzilish faktini tasdiqlovchi texnik nazorat bo’limi yoki tegishli maxsus tashkilotlardan olingan xulosalar ilova qilingan bo’lishi shart. Hisobot yilida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim. Inventarizatsiyaning o’tkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil