aniq va to’liq ishlov berish maqsadini qo’yadi. Tashkilot nazoratning quyidagi maqsadlariga erishuvi zarur: • Ro’yxatga olingan operatsiyalar mavjud va o’tkazildi. • Hamma operatsiyalar ro’yxatga olingan. • Operatsiyalar zarur tarzda baholangan. • Operatsiyalar tashkilotning huquq yoki majburiyatlariga tegishli. Operatsiyalarni boshqarishning ma’lum biznes-jarayonlarda bajarilgan xarid qilish va sotish kabi turli xil vositalari, ishlov berishning ushbu maqsadiga erishilganligi haqida oqilona kafolat berish uchun ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Biznes-operatsiyalar bilan bog’liq nazorat operatsiyalari kompyuterning mos kelishi yoki asoslanganlikni, (o’xshash) batafsil yordamchi hisobraqamlar va nazorat hisobraqamlari, xarajatlar haqidagi hisobotni tasdiqlovchi supervizor kabi ruxsat va tasdiqlashlar orasidagi kelishuvlarni tekshirish kabilarni to’g’rilashga o’xshashlarni tekshirib ko’rishni o’z ichiga oladi Operatsiyalar jarayoni 1. Biznes-jarayonlar operatsiyalari. 2. Moliyaviy hisobot va axborotlarni ochish. 3. Moliyaviy hisobotni baholash. 4. Yozuvlarni tartibga solish, yozuvlarni yopish. Shubhali qarzlar, pensiya majburiyatlari, ekologik majburiyatlar, shuningdek, kafolatli zaxiralar bo’yicha rezervlarni ishlab chiqishdagi buxgalteriyaning baholari rahbariyat tomonidan sinchiklab ko’rib chiqilishi shart. Bu baholar avval aniq baholashda muvaffaqiyatli bo’lgan asosiy jarayonlar va ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi lozim. Boshqaruv organlari ma’lumotlar aniqligiga, baholar ishonchliligini va baholashning asosiy modeli joriy iqtisodiy sharoitni aks ettirishi hamda avval ham oqilona baholar bilan ta’minlanganligiga etarlicha ishonchni ta’minlash uchun jarayon atrofida bo’lmog’i (uni