muhitiga ishlov berishda zarur bo’ladigan majburiyatlarni bo’lib berish. Ular tashkilotning hamma darajasida bajariladi.
Faoliyat nazoratini tanlash va ishlab chiqish Nazorat bo’yicha ayrim tadbirlar ko’plab tashkilotlarda ko’rib chiqilsada (majburiyatlarni bo’lish, mustaqil taqqoslash, ruxsat berish va kelishuv, tekshiruvlar), biroq nazorat bo’yicha tadbirlarning universal to’plami hamma tashkilotlarda ham qo’llanilmaydi. Tashkilotlar ko’proq nazoratning tashkilot risklarni baholashda identifikatsiyalaydigan risklarni bartaraf etish uchun ko’proq qo’l keladigan turlarini tanlaydi. Masalan, yuqori tartibga solinadigan (boshqariladigan) tashkilotlar, qoidaga ko’ra, kamroq tartibga solinadigan sub’ektlarga nisbatan nazoratning murakkabroq faoliyatiga ega bo’ladi. Boshqa misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: qayta markazlashtirilgan operatsiyalar va mahalliy avtonomiya va innovatsiyalarga urg’u beruvchi tashkilot operatsiyalari doimiy va yuqori markazlashtirilgan tashkilotlarga nisbatan boshqaruv faoliyatining turli xillariga ega bo’ladi. Nazorat operatsiyalari. Nazorat operatsiyalari (shuningdek, takliflar nazorati deb nomlanuvchi) o’zlarida boshqaruv faoliyatining muhim turini aks ettiradilar. U operatsiyalar riskini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatni nazorat qiladi va u operatsiyalar, hisobraqamlar va tasdiqlashlarning ma’lum jarayonlariga ta’sir qiladi. Ular quyidagilar bilan bog’liq operatsiyalarni o’z ichiga oladi: • biznes jarayonlar; • moliyaviy hisobotning bahosi; • yozuvlarni tartibga solish, yozuvlarni yopish. Axborotlarga ishlov berish operatsiyalari vaqtida tashkilot o’z oldiga axborotlarga