darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linma-lari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin. Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur. Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat. O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan