shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin. Tanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart. 8.7. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini
shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta- kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Audi-torlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar tushuniladi. Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy
hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab olinadi. Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni alohida