xotinlarining aka-ukalari, opa-singillari, ota-onalari va bolalari) yoki auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsi yoki shtatdagi xodimi hisoblansa; -ekspert-huquqiy shaxs auditorlik tashkiloti tomonidan audit o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sischisi, kreditori, sug’urtalovchisi hisoblansa yoki ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ekt ekspert yuridik shaxsning asosiy ta’sischisi hisoblansa. Agar ekspert tayinlaganidan so’ng yuqorida ko’rsatilgan holatlar ma’lum bo’lsa yoki vujudga kelsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasini tasdiqlaydigan qo’-shimcha ishlarni amalga oshirishi yoki boshqa ekspert tayinlashi lozim. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ekspert ishidan foydalanishni rad qilishi yozma ravishda rasmiylashtirilishi lozim. Bunday rad etish hollarida auditorlik tashkiloti o’tka-zilgan audit natijalari bo’yicha salbiy xulosa tuzishi mumkin. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda ekspert ishidan tekshirilayotgan mijoz-korxona va ekspert tashkiloti o’rtasida yoki auditorlik tashkiloti va ekspert tashkiloti o’rtasida tuzilgan pullik shartnoma asosida foydalanadi. Ekspert xizmati shartnomada umumqabul qilingan shartlardan tashqari quyidagilar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim:
ekspert ishining maqsadi va hajmi;
auditorlik tashkiloti ekspert xulosasidan kutayotgan muayyan masalalarning bayoni;
ekspert tashkiloti va xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida o’zaro munosabatlar bayoni, agar bu talab qilinsa;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi;
ekspert o’z ishida qo’llashni mo’ljallayotgan taxminlar va usullar, ularning olidingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga mos kelishi (agar auditorlik tashkiloti