mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.); 3) maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.) 4) bajarilmagan shartnomalar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmini o’lchash. Bu realizatsiya qilinganligini tan olish uchun zarur; 5) ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va xo’jalik shartnomalarini yuridik baxolash va interpretatsiyalash (talqin qilish). Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanish to’g’risida auditorlik tashkiloti o’rganishi lozim bo’lgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan boshqa auditorlik amallarini qo’llash mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda xizmatidan foydalangan ekspert tegishli maxsus malakaga ega bo’lib, buni tasdiqlovchi hujjat (malaka attestati, sertifikat, litsenziya, diplom va sh. o’.) taqdim etishi lozim. Shuningdek, ekspert auditorlik tashkiloti xulosa olishni mo’ljallagan soxada tegishli tajriba va obro’ga ham ega bo’lishi hamda bu tavsiyalar, muloxozalar, nashr qilingan ishlari, ma’lumotnomalar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Auditorlik tashkiloti tomonidan ishga jalb qilingan ekspert xolis bo’lishi lozim. Auditorlik tashkiloti qoidaga ko’ra, quyidagi hollarda audit o’tkazish chog’ida ekspert ishidan foydalanmasligi lozim: Agar ekspert – jismoniy shaxs auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan korxonaning rahbari yoki asosiy ta’sischilaridan biri hisoblansa, yoki ko’rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bo’lsa (ota-onasi, er-xotin, aka-uka, opa-singil, o’g’il, qizi shuningdek er-