imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi. Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:
tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish;
tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatish (ekstrapolyatsiya);
tanlash risklarini baholash. Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim. Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha amalga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim. Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya