xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot- fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p hollarda esa mijoz- korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi statistik tanlashni to’g’ri amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi. Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi. Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish