audit o’tkazilayotgan vaziyat va xulosa berish uchun axamiyatga ega bo’lgan birlamchi ma’lumotlar, ularning olinish manbalari ko’rsatilgan xolda;
ekspert oldiga qo’yilgan masalalar. Ekspert xulosasida keltiriladigan masalalar shakli ekspert xizmati ko’rsatish to’g’risidagi shartnomada qanday berilgan bo’lsa, shunday bo’lishi lozim. Ularni aniqlashtirish zarur bo’lganida ekspert masalani bayon qilishi, so’ngra o’zining kompitentsiyasiga muvofiq vazifani qanday tushunganligini ko’rsatadi. Agar ekspert ayrim masalalarni, uning maxsus bilim doirasidan chetga chiqishini (to’liq yoki qis-man) aniqlasa, bu holni xulosada ko’rsatadi. Ekspert masalalarni guruxlash va ularni eng maqsadga muvofiq o’rganish tartibini taminlaydigan ketma-ketlikda bayon qilish huquqiga ega. Agar masala ekspert tashabbusiga ko’ra o’rtaga qo’yilsa, u ham kirish qismida bayon qilinadi. Ekspert xulosasining tekshirish qismida izlanish jarayoni va uning natijalari bayon qilinadi, hamda aniqlangan faktlarga tushuntirish beriladi. Ekspert tomonidan hal etilgan har bir masalaga izlanish qismining ma’lum bo’limi mos kelishi lozim. O’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan ikki va undan ortiq masalalarni bir vaqtning o’zida o’rganish zarur bo’lganida, olingan natijalar bitta bo’limda bayon qilinadi. Tekshirish qismida quyidagilar bayon qilinadi:
tekshirish usullari maxsus bilimga ega bo’lmagan shaxslar uchun tushunarli bayon etilgan va zarur bo’lganda ekspert xulosalarining to’g’riligini mazkur izlanishlarni takrorlab tekshirish mumkin bo’lgan darjada batafsil bo’li-shi zarur;
taxminlarni o’rganish chog’ida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar;
qo’yilgan masalalarni had etishda ekspert tomonidan qo’llanilagan me’yoriy hujjatlar,